Azar "Real"da debyut qilishga yaqin

Mirjalol Normatov
5 sen 2019, 23:41
"Real" futbolchisi Eden Azar jarohatidan tuzalish jarayonini davom ettirmoqda.

Futbolchi to'p bilan mashg'ulotlarni boshlagan. U milliy termalarning o'yinlaridan keyin klubi tarkibida o'yinda qatnashishi mumkin. U 14 sentyabr kuni LaLiganing 14-turi doirasida "Levante"ga qarshi bahsda ishtirok etishi kutilmoqda.

Qayd etish kerak, ayni damda "Real"ning lazaretida Karim Benzema, Isko, Marko Asensio va Xames Rodriges kabi futbolchilar bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid