

"Real"da biror narsadan norozi bo'lmaganman. Bu yerda juda baxtliman, hozir esa ko'proq maydonga tushishni va gol urishni xohlayman. Madridda baxtliman, bu yerda yashash menga yoqadi. Ishonchim komilki, hali ham jamoaga ko'p yordamim tegadi", - dedi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Azar 2019 yilda "Chelsi"dan "Real"ga 115 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. Ushbu mavsumda u uch marta maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda futbolchi Belgiya terma jamoasi ixtiyorida.



