Azar nima uchun 50-raqamda o'ynagani malum bo'ldi
21 iyu 2019 10:29
Yangiliklar


Azar nima uchun 50-raqamda o'ynagani malum bo'ldi
"Real" vingeri Eden Azar Xalqaro chempionlar kubogi doirasida "Bavariya"ga qarshi o'yinda qatnashdi.
Bu 28 yoshli futbolchining madridliklar safidagi debyut bahsiga aylandi. Vinger ushbu bahsda 50-raqamda harakat qildi. Buning sababi, odamlar Oy sayyorasiga birinchi bora qo'nishganiga 50 yil bo'lgani deb malum qilindi.
Qayd etish kerak, "Real" matbuoti Azarning raqamini rasman elon qilganicha yo'q. Ammo u 23-raqamni tanlagani borasida xabarlar tarqagandi. U "CHelsi"da harakat qilgan 10-raqami esa "Real"da Luka Modrichga tegishli.
1969 yilning 20 iyulida amerikalik astronavtlar "Apollon-11" raketasi orqali Oy sayyorasiga ilk bora qadam qo'yishgandi.
O’xshash yangiliklar
10:52
"Real" Trentdan so'ng keyingi yil "Liverpul"ning yana bir asosiy himoyachisini tekinga olmoqchi 4

Fikrlar