Azamat Allaniyozov: "Orol"ni oliy ligada ko'rish qoraqalpoq xalqining orzusidir"
22 noy 2013 08:16
Yangiliklar


Azamat Allaniyozov: "Orol"ni oliy ligada ko'rish qoraqalpoq xalqining orzusidir"
Axborot-hamkorimiz hisoblangan "Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri futbolchidan intervyu oldi. Uning asosiy qismini havola qilamiz. Suhbatning to'liq qismi bilan gazetaning 21 noyabr kuni sonida tanishib olish mumkin.
- Azamat, yakunlangan mavsumdan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?
- Bu mavsumdan deyarli ko'nglim to'ldi. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik deb o'ylayman. Milliy chempionatimizda 3-o'rinni egallash ham katta natija. Axir biz erishgan natijaga bugun ko'plab jamoalar havas qilishmoqda. Lekin bizda chempion bo'lish imkoniyati ham bor edi, afsuski buni o'zimiz qo'ldan chiqardik.
- Muxlislarimizga yaxshi malumki, siz Qoraqalpog'istondansiz. Nega qoraqalpoq futboli ko'rinmayapti, nahotki birgina "Orol" jamoasini oliy ligaga olib chiqishning iloji bo'lmasa?
- To'g'risi, shu savol meni juda o'ylantiradi. Yurtimizda millionlar o'yinini hush ko'radigan muxlislar juda ko'p. Qoraqalpoq xalqi oliy ligada o'z jamoasi bo'lishini juda istamoqda. Bilsangiz, "Orol" 2007 yildan buyon 1-ligada muntazam ravishda ishtirok etib kelmoqda, lekin bu Qoraqalpog'iston uchun yaxshi natija emas. "Orol" jamoasini oliy ligada ko'rish qoraqalpoq xalqining orzusi.
Xayrullo Vasiev suhbatlashdi.

Fikrlar