Azamat Allaniyozov: “Nasaf” safida OCHLda ham qatnashsam deyman
07 iyu 2013 22:03
Yangiliklar
Azamat Allaniyozov: “Nasaf” safida OCHLda ham qatnashsam deyman
“Nasaf” hujumchisi Azamat Allaniyozov mana joriy yilda jamoa yutuqlariga o'zining gollari bilan hissa qo'shib, muxlislar nazariga tusha boshladi.
Ushbu o'yinchi 2010 yildan boshlab “Nasaf” safida faoliyat yuritayotgan bo'lsada muxlislarimiz u haqda kam bilishadi. O'z o'rnida uni yaqinroq bilib olish maqsadida saytimiz orqali suhbat qilishga jazm qildik.
Bolaligi va katta futbolga kirib kelishi
Azamat Allaniyozov 1989 yil 15 oktyabrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida tavallud topgan. Azamatni ilk bor futbolga etaklagan inson uning padari buzrukvori Safarboy aka Allaniyozov bo'ldi. U kishi futbolning ashaddiy muxlisi bo'lib, Nukus shahridagi stadionda rahbarlik lavozimida ham ishlayotgan edilar. U kishining katta orzularidan biri farzandi Azamatning kelgusida futbolchi sifatida ko'rish edi. Qahramonimiz 12 yoshga to'lganda uni Safarboy aka Nukus shahridagi futbol internatiga berdi. U erda unga futbolning ilk sirlarini futbol internati murabbiyi Yuldash aka Qushchonov o'rgata boshladi. Har bir istedod egasi o'zining birinchi ustozini doimo katta hurmat bilan tilga oladi. Bu safar ham shuni his qildik, Azamat Alalniyozov ham suhbatimiz davomida o'zining birinchi murabbiyi haqida katta ehtirom bilan so'zlab berdi.
Azamat internatda yaxshi tahsil oldi va undan kelgusida yaxshigina futbolchi chiqishini sezgan murabbiylar nazariga tusha boshladi. U futbolchilik faoliyatida birichi marta Nukusning “Jayxun” jamoasidan taklif oldi. O'sha paytlar jamoaga murabbiylik qilayotgan, o'tmishda mamlakatimiz futbol ishqibozlariga yaxshigina tanish bo'lgan Nematillo Quttiboev edi. Endigina 16 yoshni qarshi olgan Azamat Allaniyozovga ushbu murabbiy asta-sekin o'yinlarda ishonch bildirib, maydonga tushira boshladi. Natijada Azamat jamoaning etakchi futbolchisiga aylandi.
“Nasaf”ga kelishi
Azamat Allaniyozov “Nasaf” murabbiylarining nazariga 2009 yildan tushdi. O'sha paytlar birinchi ligada faoliyat yuritayotgan “Orol” jamoasi Qarshi shahriga “Nasaf” farm klubi klubi bilan navbatdagi turda o'ynashga keladi va uning asosiy tarkib o'yinchisi Azamat Allaniyozov maydonga tushib, nafaqat o'zining chiroyli o'yini bilan balki gol urib, jamoasining g'alabasiga o'z hissasini qo'shadi. Bu bilan u o'sha paytlar “Nasaf” klubi mutaxasislaridan biri Vladimir Bondarenkoning etibrini tortadi. Uning tashabbusi bilan u “Nasaf”ga taklif etildi. “Nasaf” farm klubidagi uning eng sermahsul faoliyati 2012 yili bo'ldi. U 25ta gol urib to'purarlar safiga qo'shildi. 2011 yili uni birinchi marta “Nasaf” asosiy tarkibida ukrainalik mutaxasis Anotoliy Demyanenko sinab ko'rdi. Mana u 2013 yildan boshlab “Nasaf”ning asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi. U ketma-ket to'rt o'yinda maydonga tushib, maydonni golsiz tark etmadi va o'z hisobiga birinchi davra mobaynida beshta gol yozib qo'ydi.
Hozirgi kunda Azamatjon kelinimiz Elmiraxon bilan baxtli hayot kechirishmoqda va bosh farzandlarini tarbiyalab voyaga etishtirishmoqdalar. Baxtli bo'lishsin!
Biz hozirgi kunlarda Nukus shahrida o'z yaqinlari davrasida dam olayotgan Azamat Allaniyozovni suhbatga tortdik.
- Assalomu alaykum Azamat dam olishlar qanday bo'layapti?
- Va alaykum assalom Renat aka katta rahmat, o'z oila azolaring bag'rida bo'lishga nima etsin, dam olish ko'ngildagidek kechmoqda.
- Azamat sizga bir-ikkita savollarimiz bor edi, vaqtingiz bormi?
- Bemalol...
- Siz aynan “Nasaf”da shunday nazarga tushaman deb o'ylaganmidingiz?
- Nima desam, shu futbolga kirgan ekanman, futbolchiga xos mehnat qilishim va o'z ustimda ko'proq ishlashim kerakligini doimo his qilaman. Jamoamga nafim tegsin deyman. “Nasaf” mamlakatimiz futbolida o'z o'rniga ega jamoa hisoblanadi. Mana matbuotda hech bir kun yo'qki “Nasaf” tilga olinmasa, men o'zimni hali nazarga tushdim deb hisoblamayman, agar shunday bo'layotgan bo'lsa, bu jamoamiz sababli deb hisoblayman. SHuning uchun bu jamoada faoliyat yuritayotganimdan juda mamnunman.
- Siz kelgusida ham shunday yaxshi o'yinlar ko'rsataversangiz, boshqa jamoalardan taklif bo'lishi turgan gap.
- Men shuni alohida takidlagan bo'lardim, meni bu erda hamma shart-sharoitlar to'liq qanoatlantiradi. Klub rahbarlari tomonidan barcha sharoitlar etarli darajada yaratilgan. Ayniqsa jamoa azolarining ahilligi, bir-birlarini astoydil qo'llab-quvvatlashlari ko'z tegmasin menga juda yoqadi, jamoada hamma bir oila-azolaridek his qilishadi. Har bir o'yinchining yutug'i butun jamoaning yutug'i hisoblanadi. Agar men shunday jamoani tark etsam, “yo'qolib” qolishim mumkin. SHuning uchun bu jamoadan boshqa erda o'ynash xayolimga ham kelgani yo'q.
- Hujumchi uchrashuvda oldindan gol urishini sezib turadimi?
- Qiziq savol, menda mana shu holat ko'p bo'ladi. O'ynaganimda xuddi hozir gol uradigandek bo'lib turaman. SHu erda tan olish kerak, hujumchining gol urishida butun jamoaning mehnati yotadi. Jamoamiz o'yinlarida Ilhom SHomurodov bilan jud yaxshi chiqishamiz. O'yinalrimizda hujumchilarni jamoamiz sardori Artur Gevorkyan, Ilhom Yunusov, Botir Qoraev va SHohruh Gadoevlar gollik paslar bilan muntazam taminlab turishadi.
- Sizningcha bu yilgi chempionatda “Nasaf” jamoasi qanday yutuqqa erishishi mumkin?
- Xabaringiz bor, o'tgan yili jamoamiz chempionatni to'rtinchi o'rinda yakunladi. Bu alabatta muxlislarimizni ancha ranjitdi. Bu yilgi chempionat birinchi davrasini yaxshi yakunladik, jamoamiz O'zbekiston kubogi musobaqalarida ham yarim finalga chiqdi, menimcha minimum vazifa bajarildi. Agar ikkinchi davrani ham shunday va bundan yaxshiroq davom ettirsak ishonchim komilki, sovrinli o'rinlarning biriga ega bo'lamiz. Eng quvonarlisi bunga jamoamizning salohiyati etarli. Yigitlarimiz ham ana shu maqsadga erishish uchun qattiq kurashga kirishganlar.
- “Nasaf” jamoasi murabbiylar haqida fikringizni bilmoqchi edik.
- Men ularning ishiga baho berishga yoshlik qilaman. Ammo savol berdingiz o'z shaxsiy fikrlarimni aytib o'taman. Jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul aka tabiatan juda qattiq qo'l va talabchan inson. U kishiga faqat o'zingizning mehnatingiz va yaxshi harakatingiz orqali yaxshi ko'rinishingiz mumkin. Ro'ziqul akaning yana bir ajoyib xislati u kishining qo'l ostida har qanday o'yinchi "ochilib" ketadi. Bu holat meni hamma qatori to'liq qoniqtiradi. Zafar aka Xolmurodov o'tmishda golurar futbolchi bo'lgan. U kishi hozir biz hujumchilarga o'z tajribalarini singdirib borayapti. SHuhrat aka ham juda tajribali o'yinchilardan bo'lgan u kishining ham ko'rsatmalari bizga juda katta yordam bermoqda.
- Kelgusidagi orzularingiz?
- Boya aytib o'tganimdek, jamoamiz mamlakatimiz futbolida o'z o'rniga ega. Mana shunday jamoa har qanday sovringa munosibdir. Orzuim jamoam safida milliy chempionatimizdagi sovrinlardan tashqari Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritsak deyman, xalqaro musobaqalarda ham "Nasaf" safida maydonga tushib gollar ursam deyman.
- Azamat suhbatingiz uchun katta rahmat, biz ham barcha orzu-istaklaringiz bekamu-kust amalga oshishi tarafdorimiz!
Suhbatni Renat Ernazarov yozib oldi.

Fikrlar