So’nggi yangiliklar

09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  3 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  4 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  27 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  86 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2

Azamat Allaniyazov bu mavsumni qanday o'tkazdi? Yangiliklar

Azamat Allaniyazov bu mavsumni qanday o'tkazdi?

Qoraqalpoq futboli tarbiyalanuvchisi Azamat Allaniyazov uchun ortda qolgan mavsum qanday kechdi? Quyida bu haqda biroz mulohaza yuritamiz.

Oxirgi 4 mavsum davomida Qarshining "Nasaf" jamoasi safida Oliy liga o'yinlarida 23 ta golga mualliflik qilgan Azamat 2017 yilni Navoiyning "Qizilqum" jamoasida boshladi.

Mavsum Allaniyazov uchun judayam omadli boshlandi. 1-turda Toshkentda "Paxtakor" bilan kechgan o'yinning 34 daqiqasiga keliboq qoraqalpog'istonlik futbolchi gol kiritib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Garchi ana shu o'yinda mehmonlar imkoniyatni boy berishgan bo'lsada, hujumchi uchun debyut o'yini omadli chiqdi.

Ikkinchi turda "Qizilqum" o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qildi. Uchrashuvning 6 daqiqasidayoq hisob ochildi va bu golga aynan Azamat mualliflik qildi. Bu safar navoiyliklar uch ochkoni qo'lga kiritishdi.

SHundan so'ng hujumchi birinchi davrada yana 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Biroq bu o'yinlarda unga gol urish nasib etmadi. Allaniyazov birinchi davrada 9 o'yinni asosiy tarkibda boshlab, barchasida almashtirilgan bo'lsa, 6 ta bahsni zaxira o'rindig'ida boshlab, shularning 5 tasida maydonga tushirildi. 14 o'yinda 2 ta gol urgan hujumchi "Neftchi" bilan o'yinda hakam tomonidan ogohlantirildi.

Ketma-ket 12 ta o'yinda gol ura olmagan futbolchi ikkinchi davrada Navoiyni Buxoroga almashtirdi. Buxoroliklar tarkibidagi debyut o'yinida mehmonda "Olmaliq"qa qarshi uchrashuvga to'g'ri keldi. U o'yinning 75 daqiqasida Ivan Nagaevning o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.

"Neftchi" bilan mehmonda kechgan bellashuvning 46 daqiqasida Azamat yana Ivanning o'rniga maydonga tushdi va hakam tomonidan o'yinga qo'shib berilgan 3 daqiqada gol urib jamoasiga muhim g'alabani keltirdi. SHundan so'ng 9 ta golsiz seriyani boshdan kechirgan hujumchi chempionatning oxirgi turida "So'g'diyona" bilan o'yinning 55 daqiqasida Salamat Qutibaevning o'rniga maydonga tushdi va oradan 15 daqiqa o'tib, o'yindagi yagona golga mualliflik qildi. Ikkinchi davrada "Buxoro" libosida 12 o'yinda 2 ta gol kiritgan Azamat “Obod" bilan to'qnashuvda hakam tomonidan ogohlantirildi.


Statistikalar
- Azamat Allaniyazov O'zbekiston chempionatining ortda qolgan mavsumida 26 ta uchrashuvda 1081 daqiqa mobaynida maydonda harakat qilib 4 ta gol kiritdi va ikkita sariq kartochka bilan "siylandi".
- U 9 uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 17 tasida zaxiradan maydonga tushdi.
- Allaniyazov mavsum davomida birorta uchrashuvni ham to'liq o'tkazmadi.
- Azamat mavsum davomida 4 marta Nagaevning, 3 bora Qutibaevning o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.


Furqat Yusupov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика