So’nggi yangiliklar

21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0

Azamat Abduraimov: "Toshkentdagi yig'inimiz tayyorgarlikning asosiy bosqichi bo'ladi" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Toshkentdagi yig'inimiz tayyorgarlikning asosiy bosqichi bo'ladi"

“Andijon” nihoyasiga etgan ikkinchi yig'ini va “Navbahor”ga qarshi o'tkazilgan nazorat uchrashuvidan keyin jamoamiz ustozi Azamat Abduraimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- “Navbahor” bilan bo'lib o'tgan o'yin xaqida nima deya olasiz?
- O'yin o'rtoqlik maqomida bo'lsa-da juda keskin ruhda kechdi. SHogirdlarim 3:2 hisobida g'alaba qozonib, stadionga tashrif buyurgan mingga yaqin muxlislarni xursand qilishdi. Jamoamiz hali asosiy tarkibni shakllantirish yo'lida harakat qilmoqda. Muxlislarni oliy liga musobaqalarida xursand qilish maqsadida ko'p izlanishimiz va mehnat qilishimiz kerak.

- Azamat Birodarovich, bugungi kunda klubning oliy ligada qatnashadigan asosiy tarkibi aniqlanib bo'ldimi?
-Yo'q, jamoa endigina qish mavsumidagi birinchi o'quv-yig'inini yakuniga etkazdi. Yigitlarga uch kun dam berganimizdan so'ng navbatdagi yig'inni o'tkazgani Toshkent shahriga jo'nab ketamiz. Toshkentdagi yig'inimiz tayyorgarlikning asosiy bosqichi bo'ladi. Poytaxtdagi mashg'ulotlari davomida “NBU-Osiyo”, “Oqtepa” va yana bir nechta klublar bilan nazorat o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirganmiz. Ko'rib turganingizdek bugungi o'yinda Norov, Mageramov, Toyloqov, Sultonov, Xudoyorov va yana ko'p o'inchilarni sinovdan o'tkazdik.

- Jamoaga yangi o'yinchilar taklif etiladimi?
- Mamlakatimiz oliy ligasida to'p suradigan klublarning saviyasi juda baland, shuning uchun Toshkentdagi mashg'ulotlarda bir nechta tajribali legioner futbolchilarni sinovdan o'tkazish niyatimiz bor. U erda safimizga litvalik ikkita va yana moldaviyalik bir o'yinchi kelib qo'shiladi.
 
Elmurod ERMATOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика