So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Azamat Abduraimov: "Qosimov ham Astanaga borishi kerak edi" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Qosimov ham Astanaga borishi kerak edi"

Yaqinda Qozog'istonning Astana shahrida EXPO-2017 doirasidagi Football Cup musobaqasi o'tkazildi.

Finalda tarkibida hamyurtimiz Azamat Abduraimov to'p surgan jahon termasi rossiyalik faxriy futbolchilar bilan bellashdi. Guruh bosqichidagi ikki o'yinda ikkita gol urgan Abduraimov finalda ham raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Biroq uning jamoasi mag'lubiyatga uchradi - 4:7. Rossiya termasi safida Roman SHirokov, Evgeniy Aldonin va Viktor Bulatov dublga erishishdi. Yana bir golga Dmitriy Sennikov mualliflik qildi.

Jahon termasi tarkibida Vensan Kandela, Yari Litmanen va Azamat Abduraimov to'p kiritishdi. Yakunda Portugaliya jamoasi bronza medaliga sazovor bo'ldi. Biz Astanadan qaytib kelgan Azamat Abduraimov bilan uchrashib, taassurotlar yuzasidan intervyu oldik.

- Azamat aka, sizni jahon termasiga kim taklif qildi? Futbolchilarni tanlashda nimalarga etibor qaratildi?

- Astana shahrida 10 iyuldan 10 sentyabrgacha keng miqyosidagi EXPO-2017 xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda. Unda dunyoning 118ta davlati ishtirok etyapti. Ular orasida O'zbekiston ham o'z milliy maxsulotlari bilan qatnashdi.

Ushbu tadbir doirasida faxriylar o'rtasidagi futbol turniri ham o'tkazilib, unda yaqin-o'tmish yulduzlari maydonga tushishdi. Tamerlan Kuriev tashkilotchilardan biri bo'lib, mana bir necha yildirki, Moskvada ananaviy Afsonalar kubogi musobaqasini o'tkazib kelyapti. Tamerlan bilan yaqin do'stmiz.

Aynan u meni Qozog'istondagi turnirga taklif qildi. Osiyo futboli vakillari sifatida men va tojikistonlik do'stim Muhsin Muhammadiev Astanaga bordik. Bizdan tashqari, tashkilotchilar Mirjalol Qosimovga ham taklif bilan chiqishgandi. Lekin chempionatdagi tig'iz taqvim do'stimning Qozog'istonga borishiga to'sqinlik qildi.


- Jismoniy tayyorgarlik pand berib qo'yishi mumkin edi. SHu manoda taklifga javob qaytarishga shoshilmadingizmi yoki..?

- Astanaga borishimiz bir oy oldin malum bo'lgandi. Darhol taklifga rozilik berdim. CHunki bunday imkoniyat hayotda bir marta bo'lishi mumkin edi. Boshqa tomondan, faxriylar o'rtasidagi Toshkent shahar chempionatida Bunyodkor safida o'ynayapman. Aytmoqchi bo'lganim, sport formam joyida edi. Lekin baribir, qo'shimcha tarzda mashg'ulot o'tkazishga to'g'ri keldi.

Ortiqcha vazndan xalos bo'lishim kerak. Men uchun jahon termasi tarkibida o'ynash katta sharaf. Zero, bu turnirda O'zbekiston nomidan ishtirok etdim. Stadionda tanishtirishayotganda ham ism-sharifimga mamlakatimiz nomini qo'shib aytishdi. Qani endi 10 yil avvalgi holatim bo'lganida, aniq to'purarga aylanardim. 2008 yili Germaniyada o'tgan xalqaro turnirda to'purar bo'lgandim.

O'shanda terma jamoamiz asosini 12-Osiyo o'yinlari g'oliblari tashkil etgandi. To'g'ri, mahorat saqlanib qoladi, lekin yosh, jismoniy holat baribir o'z so'zini aytadi. Hozir 51 yoshdaman va tabiiyki, tezkor futbol namoyish qilish oson emas.

Boz ustiga, biroz tezroq yugursangiz, eski jarohatlar qo'zg'alib qoladi. Astanadagi turnirda 35 yoshdan kichiklar qatnasha olmasdi. Qozog'iston termasi eng yosh tarkib bilan qatnashdi. SHunga qaramay, biz ularni mag'lubiyatga uchratdik

Yari Litmanen, Papen, Aldair, Krespo, Manishe, Cveyba kabi yaqin-o'tmish yulduzlarining yoshi 40dan oshgan bo'lsada, mahorat va tajribalari evaziga navqiron futbolchilardan ustun kelishdi. Ularda chempionlik xarakteri hamon saqlanib qolgan. Yulduzlar yutqazishni yomon ko'rishar ekan.

- Mashg'ulotlar yordamida necha kilogramm vazn tashladingiz?

- Men 5, Muhsin esa 10 kg.dan xalos bo'ldik.

- Bundan chiqdi Muhammadiev ko'proq ter to'kibdi-da?

- Yo'q, shunchaki, u anchadan beri futbol o'ynamayotgandi. Buning natijasida yaxshigina semirib ketgan edi (kuladi).


- Barcha xarajatlar tashkilotchilar zimmasida bo'ldimi?

- Xuddi shunday. Turnir yuqori saviyada tashkil etildi. Har birimizga samolyot uchun chiptalar jo'natishdi. Astana xalqaro aeroportining VIP zalida kutib olishdi. Besh yulduzli mehmonxonaga joylashtirishdi.

Jamoamizning har bir azosiga katta sumkada maxsus ekipirovkalar sovg'a qilindi. Unda ikkitadan sport kostyumi, krossovka, o'yin va tantanali marosim uchun mo'ljallangan formalar bor edi. Bundan tashqari, ishtirok uchun bonus, finalga chiqqanimiz evaziga mukofot puli berildi.

- Ko'nglingizni xira qilgan holat bo'lmadimi?

- Hammasi alo darajada tashkil etildi. Faqat kichik bir taklifim bor edi. Menga qolsa, futbolchilarning yoshini 40dan 50gacha qilib belgilardim. Eng yoshi katta o'yinchi 55 yoshda bo'lishini taminlardim. Mutanosiblik buzilgan.

Masalan, Germaniya termasi tarkibidagi 64 yoshli Manfred Kaltc mezbonlarning 35 yashar futbolchisi Finonchenkoga qarshi to'p surdi. Jamoadoshim Papen 54, raqibimiz Qozog'iston termasi safidagi Tleshev 37, italiyaliklar tarkibidagi Petro Verxovod 58, rossiyalik Roman SHirokov esa 36 yoshda edi.

- Jan-Per Papen bilan suhbatingiz qanday kechdi?

- Turnir yakunlanganidan so'ng do'stim Muhsin bilan shu masalani muhokama qildik. Eng ko'p hamsuhbat bo'lganim Papen va Yari Litmanen edi. Hayotda ularning har ikkisi ham oddiy ekan.

Suhbatimiz juda qiziqarli ruhda o'tdi. Papen murabbiylik faoliyati haqida gapirib berdi. Strasburg klubidagi omadsizlikni alohida esga oldi. Aynan shundan so'ng u murabbiylik faoliyatini to'xtatib qo'yibdi.

Keyin oxirgi Evropa chempionatini muhokama qildik. Uning maydondagi eng yoqtirgan taktik sxemasi 4-3-3 ekan. Papen futbolchilik faoliyatida Milan klubida aynan shu uslubda o'ynagan.

Undan Sevimli murabbiyingiz kim?, deb so'raganimda, hech ikkilanishsiz Fabio Kapello, deb javob qaytardi. Yari Litmanen ham futbol mavzusida uzoq gapirdi, shuningdek, oilasi haqida so'zladi.

Uning rafiqasi Estoniyaning Tallin shahridan ekan. Yari hozir Finlyandiya futbol federaciyasida texnik direktor lavozimida ishlayapti. O'tmish yulduzlariga milliy zar choponimiz va do'ppi sovg'a qildim. Bundan juda xursand bo'lishdi.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика