So’nggi yangiliklar

02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  3 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  1 00:56Моуринью футбол тарихидаги энг зўр уч футболчи номини айтди  13 00:40Испания Кубоги. "Валенсия" - "Барселона" баҳси асосий таркиблари маълум!  9 00:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" Карим Бенземанинг 90+6-дақиқадаги голи эвазига ғалабага эришди  1 23:54"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисига А Серия клублари даъвогар  0 23:25ЕЧЛ форматида яна ўзгариш бўлиши мумкин  1 22:55Жозе Фонте: "Роналду мингта гол ура олади"  2 22:29Назорат ўйини. "Бухоро" Қозоғистон жамоасини ишончли ҳисобда доғда қолдирди  4 21:59ЎФА "Нефтчи", "Навбаҳор" ва "Сўғдиёна"га қарзларни бартараф қилиши учун муддат белгилади  5 21:23Назорат ўйини. "Сурхон" Сербия клуби дарвозасига 4та гол урди  10 21:05Назорат ўйини. "Навбаҳор" Хитой жамоасидан устун келди  4 20:4239 ёшли Модрич яна бир йил "Реал"да қолмоқчи  12 20:25Назорат ўйини. "Насаф" Грузия жамоасига 4та гол урди  18 20:16Ўртоқлик ўйини. "Сўғдиёна" Черногория жамоаси билан дуранг ўйнади  2

Azamat Abduraimov: "Bu yil tarkib shakllanadi. Keyingi yil esa Superliga yo'llanmasi uchun kurashamiz" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Bu yil tarkib shakllanadi. Keyingi yil esa Superliga yo'llanmasi uchun kurashamiz"

Pro liganing sakkizinchi turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Yangier" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Azamat Abduraimov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Biz uchun qiyin bo'ldi. "Aral Samali" o'z maydonida odatdagidek yaxshi o'yin ko'rsatadi. Bosh murabbiy sifatida "Yangier"dagi birinchi o'yinim edi. Futbolchilarimga rahmat aytaman. Ular haqiqiy iroda ko'rsatishdi. SHuningdek bu jamoaning safardagi birinchi g'alabasi",- deydi Azamat Abduraimov.

- Raqib safidagi va o'z jamoangizdagi qaysi futbolchini ajratib ko'rsata olasiz?

- "Aral Samali"da Navro'z Alimov, Azamat Allaniyozov etakchi hisoblanadi. Raqibni o'rganayotganimizda aynan shu ikki markaziy hujumchiga xushyorroq turishimizni aytdim. Amalda ham shunday bo'ldi. Navbatdagi bahslarda yuqoridagi ikki hujumchi jamoaning kuchi bo'lib qoladi. Jamoamizda yulduzlar yo'q. Ularning aksariyati birinchi ligadan chiqqan. Rahbarimiz Mahmud akaga rahmat aytaman. "Yangier" xususiy klub. Futbolni yaxshi ko'radigan insonlar jamlanishgan. Superligaga chiqishimiz uchun o'yinimizni yanada kuchaytirishimiz kerak. Darvozabonimiz juda yaxshi turdi bugun.

- Legionerlar haqida...

- O'yinga qadar ikkita jiddiy yo'qotishimiz bor edi. Ularning bittasida jarohat bor. Mbeke esa jamoa to'purari. Abdumalik Abdullaev, Sanjar Baratov ularning o'rnini bilintirmaslikka harakat qilishdi. Taktika shunday ediki, birinchi bo'limda darvozamiz bahlsizligini saqlab qolish va ikkinchi bo'limda hujumga o'tish. Etibor bergan bo'lsangiz ikkinchi bo'limda ikkita hujumchi bilan o'ynadik. Jamoaga kelganimga uch kun bo'ldi. Bu vaqt ichida futbolchilarni imkoniyatlarini to'liq bilib olish qiyin. Oldinga intilishda davom etamiz.

- Jamoadagi ichki muhit qanday?

- O'zaro muammo yo'q. Uyga qaytganimizdan so'ng yana gaplashib olamiz. Tahlil qilamiz. Tartib bo'yicha futbolchini jazolaymiz. 

- Hakamlikdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Hakamlar yaxshi ishlashdi. Faqat bitta vaziyatda "Aral Samali" futbolchisi qo'polroq o'ynadi. Sariq kartochka ko'rsatsa boshqa bunday qilmasdi. Ikkinchi bo'limda ham qaltis vaziyatlar bo'ldi. O'yin unutiladi. Biroq futbolchi jarohat orttirib olishi mumkin.

- "Aral Samali" murabbiylarining uchta katta xatosini ayta olasizmi?

- Menga qiyin. Raqib jamoa murabbiyi Mikola SHevchenko bilan birga o'ynaganman. Hurmat qilaman. SHu bois xato haqida gapirish mening vakolatimga kirmaydi. Men ulardan birinchi bo'limda ko'proq hujumkorlik kutgandim. Navro'z Alimovning ikkinchi bo'limda tushirilishi biz uchun kutilmagan bo'ldi.

- Maydon holati va stadiondagi muhit borasida nima deya olasiz?

- Ikki yil oldin o'smirlar terma jamoasi bilan bu ergan kelgandim. Albatta nukuslik muxlislarga bu joy kam. Suniy maydon holati yaxshi. Nukusda futbolni yaxshi ko'rishadi. 

- Oldingizga qanday maqsad qo'yildi?

- Maqsad bu yil tarkibni shakllantirish. Keyingi mavsumda esa Superligaga yo'llanma olish uchun kurashish. Rahbariyatning bu qarorini maqullayman. Masalan jamoani quruq saqlab qolish bo'lganida ishlash zerikarliroq bo'lardi. Ishlashda davom etamiz. Yigitlarda salohiyat borligi ko'rinib turibdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика