Ayven Touni "Al Ahli"da "Brentford"dagidan 10 barobar ko'proq maosh oladi
04 sen 2024 16:39
Yangiliklar
Ayven Touni "Al Ahli"da "Brentford"dagidan 10 barobar ko'proq maosh oladi
Angliya terma jamoasi hujumchisi Ayven Tounining "Al Ahli"da oladigan maoshi malum.
Saudiya Arabistoni klubi 28 yoshli forvardni "Brentford"dan 40 million evroga sotib olgan edi.
"The Telegraph" nashrining malumotiga ko'ra, Touni "Al Ahli"da soliqlardan tashqari haftasiga 400 ming funt sterling maosh oladi. Turli bonuslar va qo'shimcha to'lovlar bilan hujumchining haftalik daromadi 500 ming funtgacha etishi mumkin. Saudiyaliklar bilan kelishuv 4 yilga mo'ljallangan.

Keltirilishicha, Touni endi dunyoning eng ko'p maosh oluvchi ingliz futbolchilaridan biriga aylandi. Uning "Brentford"dagi maoshi haftasiga 50 ming funtdan kamroq bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar