Ayubxon Nomanov: "Nasaf" ustidan uzoq kutilgan g'alabani tantana qildik"
16 may 2015 07:00
Yangiliklar
Ayubxon Nomanov: "Nasaf" ustidan uzoq kutilgan g'alabani tantana qildik"
"Metallurg"ga "Nasaf" ustidan g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylangan Ayubxon Nomanov saytimiz orqali o'zining o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Uzoq kutilgan g'alabani tantana qildik. Uchrashuv juda yaxshi kechdi. Muhim g'alabaga erishdik deb o'ylayman. Barcha futbolchilar g'alaba yo'lida birdek ter to'kishdi. Buning natijasida esa Qarshidan uch ochko bilan qaytadigan bo'ldik. Albatta "Nasaf"ni yutishimizga ishongandik va buni amalda uddaladik. Bu yilgi chempionatimiz juda qizg'in o'tmoqda. Avvalgi mavsumlarga solishtirganda, joriy mavsumdagisi qiziqarli o'tmoqda deyish mumkin. Oliy ligada o'sish bor. "Metallurg" yanada yaxshiroq o'ynashga va muxlislarni xursand etishga harakat qiladi", - deydi "Metallurg" futbolchisi Ayubxon Nomanov.
SHahboz Beg'amov yozib oldi.
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar