Ayubxon G'apparov: Maqsadim Navbahor to'purari bo'lish
31 jan 2014 14:06
Yangiliklar
Ayubxon G'apparov: Maqsadim Navbahor to'purari bo'lish
Faoliyatining asosiy qismini Qozonning "Rubin" klubida o'tkazgan hujumchi Ayubxon G'apparov ayni paytda "Navbahor" sharafini himoya qilmoqda.
Namangan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblangan G'apparov o'zini mahoratli futbolchi ekanligini aynan "lochinlar" safida namoyon etishni maqsad qilgan. Bunga u bilan uyushtirilgan suhbatni o'qib chiqqaningizdan keyin o'zingiz amin bo'lasiz.
- O'tgan mavsumda to'qqizta o'yinda to'rtta gol urgandingiz. Yangi mavsumda rejangiz qanday?
- "Rubin"da jarohat olib o'yin amaliyotisiz qolganim tufayli "Navbahor"ga kelgandim. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida ozmi ko'pmi "lochinlar" safida harakat qildim. Xudoga shukur, oz bo'lsada jismoniy holatimni tiklashga erishdim. Doim o'z oldimga eng yuqori cho'qqilarni zabt etishni maqsad qilib qo'yaman. Sababi, agarda o'z marrangizni hech bo'lmaganda yarmiga etsangiz, bu yutug'ingiz bo'ladi va o'zingizni baxtiyor his qila olasiz. Xudo xohlasa navbatdagi mavsumda "Navbahor" to'purari bo'lmoqchiman.
- Qaysi ampluani "o'zimniki" deb ayta olasiz?
- Aslini olganda hujumchiman. Yoshligimdan beri oldingi chiziqda to'p tepib kelganman. "Rubin"ga borganimda xizmatlarimdan yarim himoyaning chap va o'ng qanot futbolchisi sifatida foydalanishdi.
- "Navbahor"dan "Neftchi"ga o'tib ketgan Ro'zim Ahmedovdan nimalarni o'rgandingiz?
- Ro'zim Ahmedovning jamoadoshlar bilan yaxshi munosabatda bo'lishi va har qanday xolatdan ham o'zini bosa olishi menga yoqdi. Ammo, u ham hali yosh ekanligi uchun undan biron nimani o'rganish mumkin deb o'ylamayman. Futbolda kamdan-kam holatlarda o'yinchi taqdirini bir jamoa bilan bog'laydi. O'ylaymanki, Ahmedovning o'rnini bosa oladigan o'yinchi tarkibda topiladi. Almashtirib bo'lmas o'yinchining o'zi yo'q.
- "Rubin"ga qanday borib qolgandingiz?
- 2008 yili Toshkentda 16 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkazilgandi. Guruhimizdan Eron, Singapur va Bahrayn terma jamoalari joy olgandi. Keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdik, ammo shu erda ishtirokimiz poyoniga etdi. Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy bergach shuncha mehnat qilib, maqsadimizga etolmaganimizdan ichimiz achishganidan yig'lab yuborgandik. Musobaqa bilan xayrlashgach tushkun holatda uyga qaytdim. "Paxtakor" o'rinbosarlari safiga o'yinchilar saralash jarayonida ham tarkibga qo'shishmagani uchun o'zimga jamoa ahtarmoqchi bo'lib yurganimda terma jamoamizni boshqargan Robert Sergeevich Gay telefon qilib, Qozonning "Rubin" jamoasi tomonidan qiziqish borligini aytdi. Xursand bo'lganimdan hech ikkilanmay ushbu taklifga rozilik berdim. "Rubin" seleköionerlariga o'yinim manzur bo'lgan ekan kelib "Paxtakor"dan sotib olishdi. U erda jamoa yig'inlarida qatnashdim, o'rinbosarlar safida o'ynadim. Bir yil harakatlanganimda ham u erning havosiga ko'nikish qiyin bo'ldi, bir-ikki marotaba operaöiya qilindim. Oqibatda bir yarim yil futbol o'ynamadim. 2013 yilda Nijnekamskning "Nefteximik" jamoasida to'p tepdim. Jarohatdan forig' bo'lib mavsumning yarmiga borganimda o'zimning poziöiyamga qo'yishmadi. Himoyada o'ynashimga to'g'ri keldi, xullas ishim yurishmadi. So'ngra "Navbahor"dan taklif tushdi. Oldimda boshqa jamoalardan chorlovlar bo'lishiga qaramay yoshlikdan to'p surishni orzu qilgan jamoamga o'tishni afzal bildim. Yoshligimda dadam "Navbahor" o'yinlariga olib borganlarida futbolchilarga havas qilardim. Otam "lochinlar"ning ashaddiy muxlislaridanlar.
- Demak, otangiz jamoaning har bir o'yinida o'yingohga tashrif buyuradilar?
- Ha. O'tgan mavsumda 24-turda Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasini o'z maydonimizda 3:1 hisobida mag'lub etdik. SHu kuni "dublü" muallifiga aylandim. Odatda otam muxlislar orasida doimiy o'rinlarida o'yinni kuzatardilar. Lekin, shu kuni tanishlari bilan tribunaga chiqqan ekanlar. Birinchi golimni urganimdan so'ng ularni muxlislar orasidan qidirib topolmadim, ikkinchi golni urgach yana izladim, yo'qlar. Bilsam, tribunadan rosa chaqirgan ekanlar, eshitmabman.
- O'zbekiston jamoalarining deyarli barchasida moliyaviy masalada muammolar kuzatilib turadi. Rossiyada bu borada ahvol qanday edi? U erda ham maosh to'lanmagan holatlar kuzatiladimi?
- Maosh to'lanilishida u erda ham muammolar uchrab turadi, ammo uzoq muddatga cho'zilmaydi. Oylik to'lovi kechiktirilishi uzog'i bilan bir yoki bir yarim oyga surilishi mumkin xolos.
- Faoliyatingizni yana chet elda davom ettirish niyatingiz bormi?
- Albatta kelgusi faoliyatimda bunday niyatim bor, lekin hozir bor etiborim "Navbahor"ga qaratilgan. Fursatdan foydalanib, jamoamiz mashg'ulotlariga ishlarini tashlab, bizni qo'llab-quvvatlash uchun vaqt ajratib kelayotgan jamoamiz muxlislariga rahmat aytmoqchiman. "Andijon"ga qarshi nazorat uchrashuvimizga ham bellashuv safarda bo'lishiga qaramay jonkuyar muxlislarimiz olg'a boshlab turishdi.
- Jamoadagi muhit qay holda?
- Hech ikkilanmay aytishim mumkinki, klubdagi muhit juda yaxshi.
- Baxtiyor Ashurmatov bilan kelajagingiz borasida gaplashmadingizmi?
- Yo'q. Kelajagim borasida Baxtiyor Ashurmatov bilan bafurja gaplashmadim. Nafaqat meni, balki jamoadagi boshqa o'yinchilarning holati ham bir xil. Hozir bir o'yin o'tkazdik, xolos. Toshkentdagi yig'inda bir-birimizga yanada yaqinroq bo'lib, murabbiy barchaning imkoniyatlarini o'rganganidan so'ng bu mavzuda gaplashsa bo'ladi. Murabbiy bilan bir-ikki vaziyatda muloqotda bo'ldim, ammo atroflicha suhbatlashganimiz yo'q.
- Jamoaga yangi kelgan o'yinchilarni tarkibga moslashishlari qanday kechmoqda. Ular bilan til topishish oson bo'lmoqdami?
- Yangi kelganlarning barchasi bilan o'zaro munosabatimiz yaxshi. Kimga qanday bilmadimku, ammo men uchun barcha futbolchilar bilan chiqishib ketish qiyinchilik tug'dirmagan. O'zimdan kattalarni aka sifatida hurmat qilib, kichiklarni esa o'z ukamdek qabul qilaman. Futbolchining qismati shundayki, bugun bir jamoada o'ynasang, ertaga boshqa klubda to'p tepishingga to'g'ri keladi. Har qanday o'yinchi bilan bir jamoada to'qnashib qolishing mumkin bo'ladi. Misol uchun avval ham "Navbahor" sharafini himoya qilgan Raxmatillo Berdimurodov va Otabek Valijonovlarni avvaldan tanirdim. Berdimurodov bilan "Paxtakor"da yoshligimda harakat qilgan kezlarda yo'limiz tutashgan, Valijonovni avvaldan bilaman. Qolgan o'yinchilar bilan ham xudi anchadan beri birga o'ynagandek yaqin munosabatdamiz.
- O'tgan mavsumning so'nggi turida "Paxtakor"ga qarshi bellashuvda jamoa chiroyli o'yin ko'rsatgandi. Ayniqsa Siz Azim Ahmedov bilan chiroyli harakat qilib o'ziga xos driblinglar bilan o'yinga bezak bergandinglar. Maydonda Ahmedov bilan bilan bir-biringizni yaxshi tushunasiz chog'i?
- Azim Ahmedov bilan yoshligimizda "Paxtakor"da birga o'sganmiz. Oshna-og'ayni bo'lib qolganimiz uchun maydonda ham bemalol bir-birimizni tushunib harakat qilamiz. Ochilganimni ko'rib, to'pni menga oshiradi. Umuman olganda Ahmedov bilan maydonda bo'lsak o'ynashim osonroq bo'ladi. O'yindan oldin maslahatlashib, qaysi vaziyatda qanday to'p uzatish kerakligini kelishib olamiz. Azim Ahmedov to'g'risida aytgan gaplarim Akram Bahriddinovga ham tegishli. "Paxtakor"ga qarshi bellashuvda Bahriddinov maydonga tushmadi. Agarda tarkibda u ham bo'lganida nur ustiga alo nur bo'lardi. Balki g'alabani ham qo'lga kiritarmidik...
- Siz, Akram Bahriddinov hamda Azim Ahmedovlar O'zbekiston U-22 terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritilgandinglar. Ammo, yig'inlarga jalb etilmadinglar.
- Balki ularda "Navbahor"ning o'yinlarini ko'rish imkoniyati bo'lmagandir. Yig'in qisqa muddat ichida uyushtirilgani uchun tezda safarga otlanishdi. Ular qanday jismoniy holatda ekanligimizni bilmaganliklari uchun yakuniy ro'yxatdan chetda qoldik deb o'ylayman. Nima uchun tarkibdan chetda qolganimni tushunmay qoldim. Bir qo'ng'iroq qilib terma jamoa bilan Ummonga borishimni aytishdi. Keyin esa bormaysan deyishdi. Avvaliga 22 yoshli futbolchilardan tashkil topgan terma jamoa yig'iniga jalb etilganimni eshitib boshim ko'kka etgandi. Nazarimda, yakuniy tarkibga kiritilmaganimga "Navbahor" safiga ikkinchi davrada qo'shilganim sabab bo'ldi. Boisi o'yin amaliyotim kam edi. Murabbiylar shu sababli nimalarga qodir ekanligimni bilishmagan bo'lsa kerak. Ustiga-ustak ushbu yig'in mavsum yakuniga etganidan so'ng boshlandi. O'ylashimcha murabbiylar shu sababli o'zlari bilgan o'yinchilardan foydalanishni afzal bilishgan ko'rinadi.
- Xafsalangiz pir bo'lmadimi? Terma jamoaga mos o'yinchi ekanligingizni isbotlaysizmi?
- Xafa bo'lish noo'rin deb o'ylayman. Albatta, milliy terma jamoa libosini anchadan beri kiymagandik. Formani kiyib, endi xursand bo'lib turgan paytingda "yo'q, bormaysan" deyishsa tabiiyki oz bo'lsada odam ruhan tushkunlikka tushadi. Xudo xohlasa, yurtimiz sharafini himoya qilish nasib qilar. Muxlislarimiz mehrini qozonib yana o'zimni terma jamoada o'ynashga loyiq ekanligimni ko'rsatishga umid qilaman. Vatanimning g'alabalariga o'z hissamni qo'shishni istayman.
- Saralab olinganlar Sizdan kuchliroqmidi?
- Tabiatan xulq-atvorim shundayki, o'zimni hech qachon boshqalardan ustun ko'rmaganman. Garchi boshqa insondan ustunroq bo'lsamda, "zo'rman" deb aytmayman. O'zini eng yaxshi deb bilgan odam o'sha darajasida to'xtab qoladi. Futbolchi o'zini yanada o'sishi kerak deb o'ylasagina, yuqori cho'qqilarga ko'tariladi. Bazilar "men eng kuchliman, lekin murabbiy tarkibga kirtmayapti" deb gapiradi. Yo'q, buning o'rniga harakat qilib, tilda emas amalda shu gaplarni isbotlash lozim. SHuning uchun yig'indagi tengdoshlarimdan zo'r edim deb aytolmayman. Hatto Ronaldu ham o'zini eng kuchli deb hisoblamasa kerak.
- Tengdoshlaringiz o'yinini kuzatdingizmi?
- Ko'rdim. Ularga omad etishmadi. Qolaversa chempionat bizda mavsum yakuniga etganidan so'ng boshlandi. O'yindan keyingi va oldingi mashg'ulotlar o'rtasida katta farq bo'ladi. O'ylashimcha musobaqani aynan qishki tanaffus davriga to'g'ri kelgani noqulayliklarni keltirib chiqardi.
Javlon Mahmudov suhbatlashdi.

Fikrlar