Ayollar terma jamoamiz Rossiya chempionlarini mag'lub etdi
23 fev 2021 19:06
Yangiliklar
Ayollar terma jamoamiz Rossiya chempionlarini mag'lub etdi
Xabaringiz bor, O'zbekiston ayollar terma jamoasi Antalya shahrida tashkil etilgan "Festival Women's Trophy 2021" xalqaro turnirida qatnashdi.
Afrika chempionlari hisoblangan Ekvator Gvineyasi va Nigeriya vakillariga qarshi bahslardan so'ng, Bahrom Norsafarov shogirdlari Rossiyaning ikki karra chempioni CSKA klubi bilan bellashdi.
"Emir Hotels" sport majmuasida o'tgan bugungi bahsda ayollar terma jamoamiz 1-0 hisobida zafar quchdi. Nilufar Qudratova tomonidan kiritilgan gol yakunda vakillarimizga ushbu g'alabani taqdim etdi.
"Festival Women's Trophy 2021"
3-tur
CSKA 0-1 O'zbekiston
Gol: Nilufar Qudratova 13
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar