Ayollar o'rtasida U-19 Osiyo chempionatiga qura tashlandi
28 apr 2017 13:51
Yangiliklar
Ayollar o'rtasida U-19 Osiyo chempionatiga qura tashlandi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi OFK shtab-kvartirasida bugun, 28 aprel kuni ayollar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Osiyo chempionatida jami 8 mamlakat terma jamoasi 2 guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi. Qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston U-19 qizlar termasi Xitoy, KXDR hamda Tailand terma jamoalari bilan “A” guruhidan joy oldi. Musobaqaning “B” guruhida Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya hamda Vetnam termalari o'zaro kuch sinashadigan bo'ldi.
Osiyo chempionati shu yilning 14–28 oktyabr kunlari Xitoyda bo'lib o'tadi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, guruhlarda 1–2 o'rinlarni egallagan jamoalar yarim finalga chiqadi.
Turnir yakunida 1–3 o'rinlarni band qilgan terma jamoalar 2018 yili Franciyada bo'lib o'tadigan ayollar o'rtasidagi U-20 Jahon chempionatiga yo'l oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar