Ayollar olimpiya terma jamoamiz Gonkongni mag'lub etdi
13 mar 2015 17:03
Yangiliklar


Ayollar olimpiya terma jamoamiz Gonkongni mag'lub etdi
Hozirgina O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo'lib o'tayotgan Olimpiada-2016 saralash 1-bosqich bahslaridagi ikkinchi uchrashuvini yakunladi.
Bu safar Vyacheslav Soloxo shogirdlari Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi va kichik 1:0 hisobida zafar quchishdi. Ilk turda vakilalarimiz Falastin terma jamoasidan 6:0 hisobida ustun kelishgandi. Endi terma jamoamiz 15 mart kuni hal qiluvchi o'yinda mezbon iordaniyalik futbolchilar bilan hisob-kitob qiladi.

Fikrlar