Ayollar milliy terma jamoamiz Nepalni mag'lub etdi
09 sen 2019 16:39
Yangiliklar


Ayollar milliy terma jamoamiz Nepalni mag'lub etdi
Futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi qo'shni Qirg'izistonning Qorako'l shahrida o'tkazilayotgan “Umid kubogi-2019” xalqaro musobaqasida ishtirokini davom ettirmoqda.
Bugun futbolchi qizlarimiz Nepalni 2 ta to'p farqi bilan mag'lub etishdi.
O'zbekiston – Nepal 2:0
Hakamlar: Dair Abdildaev, Zamir CHinibekov, Eldiar Saliboev, Veronika Bernackaya.
Gollar: Lyudmila Karachik (34), Rushaniya Safina (50).
O'zbekiston: Laylo Tilalova, Tanziliya Zarbieva, Nilufar Qudratova, Malika Burxonova (Lianna Norbekova, 22 (Dioraxon Xabibullaeva, 60), Rushaniya Safina, Maftuna SHoyimova, Soliha Husniddinova, Umida Zoirova, Lyudmila Karachik, Kamila Zaripova (Mohira Jo'raboeva, 80), Dildora Nozimova.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar