Ayollar futzali. Osiyo Kubogi saralashida Avstraliya bilan bir guruhdan o'rin oldik
17 okt 2024 12:38
Yangiliklar
Ayollar futzali. Osiyo Kubogi saralashida Avstraliya bilan bir guruhdan o'rin oldik
Futzal bo'yicha ayollar Osiyo kubogi saralash bahslari uchun qura tashlash marosimi yakuniga etdi. Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida tashkillashtirilgan marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00da start olgandi.
Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi "S" guruhida Turkmaniston, Avstraliya, Filippin va Quvaytga qarshi to'p tepadi.
Eslatib o'tamiz, 4 ta guruhda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamolar (8 ta) Osiyo kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Yana bir yo'llanma guruhlarda 3-o'rinni olganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan termaga nasib etadi.
Xabaringiz bor, Osiyo kubogi final bosqichida 12 ta jamoa ishtirok etadi. Saralashdan chiqqan 9 ta jamoaga mezbon Xitoy, amaldagi Osiyo chempioni Eron va amaldagi Osiyo vice-chempioni Yaponiya qo'shiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar