So’nggi yangiliklar

18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  0 18:08U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23. Таркиблар маълум  4 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  6 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   16 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  5 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  11 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2

Ayollar futboli. Turning markaziy uchrashuvida “Sevinch” g'alaba qozondi Yangiliklar

Ayollar futboli. Turning markaziy uchrashuvida “Sevinch” g'alaba qozondi

Kecha jamoamiz XXI O'zbekiston chempionati 14-turida Toshkentning “Bunyodkor W” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv oldindan murosasiz kurashlarga boy o'tishi kutilayotgan edi, o'yin kutilganidek kurashlarga boy tarzda o'tdi.

O'yinning dastlabki 15 daqiqasida joamizning raqib himoyasini bo'zib o'tishi juda qiyin bo'ldi, mehmonlar maydonning har bir nuqtasida o'yinchilarimizga munosib qarshilik ko'rsatishdi. 16-daqiqada Kamola Risqievaning uzoqdan darvozaning chap burchagini nishonga olib bergan zarbasini tajribali darvozabon Yuliya Ahmedova bartaraf etdi. Aks holda oradagi hisobni ochilishiga juda yaqin holat edi.

Uchrashuvdagi hisob 26-daqiqasida jamoamiz tomonidan ochildi. Maydonning chap tomonidan boshlangan hujumda Mahliyo Sarikova juda chiroyli harakat qildi va himoyachilarning qarshiligini engib o'tib, to'pni jarima maydoniga oshirib berdi. Darvozaga yaqin turgan jamoamiz sardori va to'purari Zebo Jo'raeva bir harakat bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi – 1:0.

SHundan so'ng jamoamiz ketma-ket hujumlarni boshlab yuborishdi. Ammo raqibimiz himoyada yana yaxshi o'yin ko'rsatishda davom etdi. Birinchi bo'limda darvozalarga boshqa gollar kiritilmadi.

Ikkinchi bo'lim dastlabki daqiqalarida mehmonlar xavfli hujum uyushtirishdi, bu vaziyatda Mardona Elamasova gol urishga juda yaqin edi, ammo darvozabonimiz Matluba Abdirasulova o'zi qo'riqlayotgan darvozani muqarrar goldan asrab qoldi.

SHundan so'ng jamoamiz tezkor hujum tashkil qilishdi va uchrashuvdagi ikkinchi golni kiritishdi, himoyada hushyorlikni yo'qotishgan mehmonlar o'yinchimiz Feruza Turdiboevani qo'riqlashni “yoddan chiqarib” qo'yishdi, natijada Feruza darvozaga kuchli zarba berib, hisobni 2:0 ga etkazdi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalari teng kurashlar ostida kechdi, darvozalarga tashkil etilgan hujumlar golsiz tugallanaverdi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushirilgan o'yinchilar o'yin suratini ancha oshirishgan bo'lishsada, bu oradagi hisobni o'zgarishiga yordam bermadi.

SHunday qilib, jamoamiz qiyin kechgan uchrashuvda navbatdagi g'alabani qo'lga kiritishdi va o'z hisobidagi ochkolar sonini 39taga etkazib olishdi.

XXI O'zbekiston chempionati, 4-tur

Qarshi sh., “Geolog” stadioni, 07.09.2015. 17:00da

“Sevinch” (Qarshi) – “Bunyodkor W” (Toshkent) 2:0

 

Gol: Zebo Jo'raeva, 26-1:0, Feruza Turdiboeva, 51-2:0.

 

Bosh hakam: Jaloliddin Husnitdinov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Aleksandr Burov (Buxoro), Nigora Muhammadieva (Termiz).

Zaxira hakami:  Xusnora Jumaeva (Qarshi).

Nazoratchi:  Tohir Toshmuhammedov  (Toshkent).

 

“Sevinch”: 16. Matluba Abdirasulova, 2.Oliya Axmedova, 25. Zumrat Nazarova, 11. SHaxzoda Jamolova (5.Mahliyo Yusupova 70), 4. Saida Xandamova, 7. Feruza Turdiboeva, 17. Tanzila Zarbieva (23.Nilufar Qudratova 68), 18. Kamola Risqieva, 19. Mariya Moiseeva, 9.Mahliyo Sarikova , 10. Zebo Jo'raeva (s).

Zaxiradagilar: 1.Olga Kaxarova, 12. Laylo Tilavova, 15. Fayoza Samandarova, 22.Angelina Poleshkevich, 77.Kunnosa Netroyaj.

“Bunyodkor W”: 1.Yuliya Ahmedova, 2.Svetlana Valieva, 3.Kristina CHunakova (21.Tojiniso Rashidova 84), 5.Anzilya Ermakova, 9.Madina Voxidova(8.Mardona Elamasova 46), 10.Saida Galimova, 11.Ekaterina Salnikova (s), 15.Umida Zoirova, 17.Ezoza SHaripova (7.Lianna Norbekova 46), 18.Madina Yusupova, 20.SHoxsanam Abdulboqieva,

Zaxiradagilar: 25.Diyora G'ulomova, 4.SHaxnoza Mahmudova,  13.Lidiya Cema,  27.Maftuna Jo'raeva.

Ogohlantirish: Yuliya Ahmedova 36, Zebo Jo'raeva 37.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика