So’nggi yangiliklar

19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  3 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  0 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  3 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  4 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  7 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3

Ayollar futboli. “To'maris” – “Olmaliq –W” - 1:2. To'liq sharh Yangiliklar

Ayollar futboli. “To'maris” – “Olmaliq –W” - 1:2. To'liq sharh

Xorazm vohasida birinchi marta mamlakatimiz ayollar futbolining oliy ligasi ishtirokchilari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tabir joizki, bu o'yin mahalliy ishqibozlarda katta qiziqish uyg'otdi.

SHu munosabat bilan uchrashuv avvalida ramziy manoda qutlov marosimi o'tkazildi. Tadbirda qatnashgan Yangibozor tumani hokimi Ozod Madrahimov muxlislarni o'ziga xos bayram bilan muborakbod etib, jamoalarga omad tiladi.
Bevosita o'yinga to'xtalsak, bahs teng qurashlar ostida boshlandi. Asta-sekinlik bilan olmaliqlik qizlar harakatida jonlanish ko'zga tashlandi. Tabiiyki, bu hol samarasiz qolmadi. Bo'limning 23-daqiqasida Dinora Turg'unova jamoadoshi Nodira Yo'ldoshevani qulay vaziyatga chiqardi. U esa imkoniyatni boy bermay, hisobni ochdi, 0:1. O'tkazib yuborilgan to'pdan yangibozorlik futbolchi qizlar o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Aksincha, qarshi hujumga zo'r berishdi. Vaziyatlarning birida chap qanotdan hujumga qo'shilgan Dilnoza O'tamova jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning tepgan to'pini mehmonlar darvozaboni Mohinur Husenova mahorat bilan qaytardi. Hujumga berilib ketgan maydon egalari uchrashuvning birinchi qismi tugashiga to'rt daqiqa qolganida o'z darvozalaridan ikkinchi to'pni olib chiqishdi.

Ikkinchi bo'lim “To'maris” qizlarining faolligida boshlandi. 49-daqiqada mezbonlar sardori Gulmira Tojiboeva mehmonlar darvozasiga xavf soldi. Oradan bir daqiqa o'tar-o'tmay Sayra Jiyanboeva juda qulay vaziyatdan foydalana bilmadi. 65-daqiqada esa Barchinoy Eshmurotovadan omad yuz o'girdi. “Olmaliq”lik futbolchilar ham imkoniyat paydo bo'lishi bilan qarshi hujum uyushtirishni kanda qilishmadi. Bazi hollarda yangibozorlik himoyachi Dilnoza Bektemirovaning aniq harakatlari ularning say-harakatlari g'ov bo'lib turdi.  Nihoyat, oxirgi soniyalarda maydon egalari hisobni bir to'pga qisqartirishga erishishdi. SHu tariqa  o'yin mehmonlarning g'alabasi bilan poyoniga etdi.

Olimboy Davletov (“To'maris” jamoasi bosh murabbiyi): - Mazkur uchrashuvda mehmonlar taktik jihatdan ustunlik qilishdi. Buni inkor etib bo'lmaydi, albatta. SHu jihatdan ular g'alaba qozonishdi. SHogirdlarimda esa biroz tajriba etishmadi. To'g'ri, ayrim qizlarimiz o'zlariga bildirilgan vazifani uddalashdi. Lekin, bu jamoaviy sport turi hisoblangani bois o'yinimiz qovushmadi. Kamchiliklarimiz ustida ishlab, uni bartaraf etish choralarini ko'ramiz.

4- tur. 25 may (dushanba).
“To'maris”(Yangibozor) – “Olmaliq–W”(Olmaliq) -  1:2 (0:2).
Yangibozor tumani o'yingohi. 721 tomoshabin.
Hakamlar: J. Qudratov (Samarqand), J. Sarsenov (Nukus), D. Iskanderov (Nukus), A. Alimov (Urganch).
Nazoratchi: K. Smirnov (Qarshi).
Gol: B. Eshmuratova (90+4) - N. Yo'ldosheva(23), O'. Xolboeva(41).

“To'maris”: Nargiza Jalg'ashboeva, Gulyor Tursunboeva, Sabohat Erkinova, Rayhon Bekbergenova, Dilnoza Bektemirova, Sayra Jiyanboeva(Anzai Yuki,68, Sumbul Tojimurotova,82), Nodira Turonova, Gulmira Tojiboeva(Mohinur Qo'zieva, 57, Muxlisa Qodirberganova,67), Barchinoy Eshmurodova, Dilnoza O'tamova, SHahzoda Ermatova.

“Olmaliq–W”: Mohinur Husenova, Dinora Turg'unova(Darya Snetkova,87), Gulnoza Ashurova, Komila Zaripova, Aynur Daulbaeva, Nodira Yo'ldosheva(Malika Ostonova,83), Dilrabo Asadova, O'g'iloy Xolboeva(Munisa G'iyosova, 80), O'g'iloy Ilasheva, Navbahor Qosimova(Arina Smirnova, 90), Orasta Tojiboeva.

Ogohlantirish: N. Jalg'ashboeva(“To'maris”)

Ikrom  XUDOYBERGANOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика