So’nggi yangiliklar

01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  1 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  1 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  1 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  12 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  26 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6

Ayollar futboli. “Sevinch” 8-turda “To'maris” darvozasiga javobsiz o'nta gol kiritdi Yangiliklar

Ayollar futboli. “Sevinch” 8-turda “To'maris” darvozasiga javobsiz o'nta gol kiritdi

Bugun Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida joriy mavsumning peshqadami va autsayderi o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda kutilganidek dastlabki daqiqalardanoq ustunlikni jamoamiz o'yinchilari o'z qo'llariga olishdi. Ammo ularga tezkor gol kiritish nasib etmadi. Mehmonlar butun jamoa bo'lib himoyalanishga majbur bo'lishdi.

Oradagi hisob jamoamiz tomonidan uchrashuvning 15-daqiqasida ochildi. Gol muallifi jamoamiz sardori va to'purari Zebo Jo'raeva bo'ldi, u jamoadoshlar oshirib bergan to'pni boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi – 1:0.

Uchrashuvdagi ikkinchi golga endi Zebo Jo'raeva asisentlik qildi. Zebo Jo'raeva o'ziga oshirib berilgan to'pni chap qanotdan oldinga o'tib borayotgan Nilufar Qudratovaga o'zatdi, yosh hujumchimiz darvozani aniq nishonga olishda adashmadi- 2:0.

Yana bir hujumda o'ng qanotda borayotgan Zumrat Nazarovani jamoadoshlari to'p bilan taminlashdi, Zumrat chamasi 20 metrlardan darvozaga zarba berdi va jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi – 3:0.

To'rtinchi golni jamoamiz yarim himoyachisi Kamola Risqieva kiritdi, u maydon markazidan boshlangan hujumda tashabbusni o'z qo'liga olib, bir necha himoyachilarni aldab o'tdi va jarima maydonchasi yaqinida “To'maris” darvozasiga kuchli zarba berdi, to'p avval darvoza to'siniga tegib, keyin to'rdan joy oldi -4:0.

Ushbu goldan so'ng uchrashuv hakami ob-havo issiq bo'lgani uchun o'yinchilarga bir daqiqalik dam olishga ruxsat berdi, o'yinchilar chanqog'ini bosib olishdi.

Uchrashuvdagi beshinchi golni yana jamoamiz to'purari Zebo Jo'raeva kiritdi. Unga o'ng qanot yarim himoyachimiz Mahliyo Sarikova asisentlik qildi. Darvoza yaqinida turgan Zebo Jo'raeva o'ziga oshirilib berilgan to'pni qiyinchiliksiz darvozaga to'g'rilab qo'ydi xolos -5:0.

Birinchi bo'lim qolgan daqiqalarida darvozalar ishg'ol etilmadi. Jamoamizning to'liq ustunligida o'tgan bo'lim ana shu hisobda yakunlandi.

SHuni alohida takidlash kerakki, birinchi bo'lim  davomida “To'maris” jamoasi maydon egalarining darvozasi oldida biron marta ham xavfli vaziyatni vujudga keltira olishmadi.

Ikkinchi bo'limda ham jamoamiz raqib darvozasiga yana beshta gol kiritishdi. Mehmonlar esa asosan himoyalanishdi, ular endi maydon markazi yaqinida suniy ravishda o'yindan tashqari holatni vujudga keltirish payida bo'lishdi. Ammo bu vaziyatda tajribali futbolchi qizlarimizning mahorati o'z so'zini aytdi, ular qolgan gollarni deyarli hammasini raqibning himoyadagi xatosidan unumli foydalangan holatlarda kiritishdi.

Ikkinchi bo'limdagi gollar shousini yana Zebo Jo'raeva boshlab bergan bo'lsa, uchrashuvdagi so'nggi 10-golni urish bugun maydonga hujumchi sifatida tushgan tajribali o'yinchimiz Olga Kaxarovaga nasib etdi.  Ushbu gol Olga Kaxarovaning mavsumda urgan ilk goli sifatida qayd etiladigan bo'ldi.

Bugun jamoamiz to'purari Zebo Jo'raeva poker, Nilufar Qudratova dubl qayd etishdi. SHunday qilib, jamoamizning to'liq ustunligida o'tgan o'yinda jamoamiz “To'maris” darvozasiga javobsiz o'nta gol kiritib, yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritishdi.

Umumiy xulosa sifatida shuni aytish kerakki, “To'maris” jamoasi ushbu uchrashuvda jamoamiz etarli darajada qarshilik ko'rsata olishmadi. Jamoa asosan yosh futbolchi qizlardan tashkil topgani bois ularda hali tajriba ham texnik mahorat ham etarli maromda emasligi ayon bo'ldi. Jamoaning o'yini va o'yinchilarning mahoratini oshirish bo'yicha murabbiylar hali juda ko'p ish qilishlari keraklikligi ko'rinib turdi.

“Sevinch” jamoasi navbatdagi turda Navoiy shahrining “Guli” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 19 iyun kuni “Geolog” stadionida bo'lib o'tadi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoamiz to'plagan ochkolari 24taga etdi va turnir jadvalida hamon peshqadam bo'lib turibdi.

XXI O'zbekiston chempionati, 8-tur. 16.06.2015.

“Sevinch” (Qarshi) – “To'maris” (Yangibozor) 10:0 (5:0)

Bosh hakam: Jasur Qudratov (Samarqand)

Qanot hakamlari: Suxrob Sattorov (SHaxrisabz), Dilfuza Ro'zieva (Qarshi).

Zahira hakami: Marjona Raxmatqulova (SHaxrisabz).

Nazoratchi hakam: Konstantin Smirnov (Qarshi).

O'zAFA vakili: Alisher Fayziev.

Gollar: Zebo Jo'raeva, 15-1:0, 32-5:0, 57-6:0, 74-9:0,  Nilufar Qudratova,18-2:0, 61-7:0, Zumrat Nazarova, 25-3:0,  Kamola Risqieva, 25-4:0,  Feruza Turdiboeva, 64-8:0,  Olga Kaxarova, 83-10:0.

“Sevinch”: 16. Matluba Abdirasulova, 11. SHaxzoda Jamolova, 25. Zumrat Nazarova, 18. Kamola Risqieva (6. Fayoza Samandarova 58), 4. Saida Xandamova, 9. Mahliyo Sarikova (7.Maftuna SHoyimova 51), 17. Tanzila Zarbieva, 19. Mariya Moiseeva (2. SHoxida Tojiddinova 57), 77. Feruza Turdiboeva, 23.Nilufar Qudratova (3.Olga Kaxarova 64), 10. Zebo Jo'raeva (s).

Zaxira: 12. Laylo Tilavova,  5.Mahliyo Yusupova.

“To'maris”: 6.Rayhon Bekberganova, 4.Gulyor Tursunboeva, 5.Sabohat Erkinova, 3.Mohinur Qo'zieva (19.Zuhra Otabekova 84), 7.Dilnoza Bektemirova, 9.Gulmira Tojiboeva (s)( 1.Jumagulbonu Bekberganova 56), 10.Gulnora Azamova, 11.Barchinoy Eshmurodova, 17.Dilnoza Utamova (2.Muxlisa Qodirberganova 69), 20.Nasiba Tursunova, 21.SHaxzoda Ermatova.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика