Aybek Nurboev “Istiqlol”dan ketdi
24 dek 2019 10:04
Yangiliklar
Aybek Nurboev “Istiqlol”dan ketdi
Aybek Nurboevning aytishicha, u “Istiqlol” klubida boshqa to'p tepmoqchi emas. – Ochig'ini aytganda, “Istiqlol”dagi ichki muhit va jamoa menga umuman to'g'ri kelmadi. Futbol o'ynash orqali, nafaqat pul topasan balki zavq ham olish kerak. Farg'onada buni imkoni yo'qligini tushunib etdim. SHu bois u erga boshqa bormaslikka qaror qildim.
Tan olaman, so'nggi yillarda faoliyatimda sezilarli pasayish yuz berdi. Qiyin vaziyatdan chiqib keta olmayapman. Agarda bu yil ham Superliga klublaridan chorlov bo'lmasa, butsalarimni mixga ilmoqchiman.
- Menga Qoraqalpog'iston futbol associaciyasidan taklif bo'ldi. Hozirda o'zim uchun yangi bo'lgan futbolning boshqa bir qismida ish o'rganish jarayonini o'tkazyapman. Associaciya vice-prezidenti lavozimida sobiq hakam Ishoq Ibragimov ish yuritmoqda. U kishi menga yordam berishim kerakligini so'rab, taklif qilganida yo'q degim kelmadi. Extimol yanvar oyidan rasman Qoraqalpog'iston futbol associaciyasida faolyatimni boshlarman – deydi Aybek Nurboev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar