So’nggi yangiliklar

21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  33 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   7 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 20:21Ўртоқлик ўйини. Шомуродов ва Файзуллаев ўйинни асосий таркибда бошлади  7 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  6 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  2 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  3 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  0 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  0 17:10Гонконгга келган Златан Ибрагимович Брюс Ли билан "куч синашди", Гвардиол Хорватия махсус кучлари машғулотида қатнашди, Гвардиола мўйлов қўйди. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 16:50Винисиус Жуниор: "Мен кўп нарсага эришдим, лекин орзуларим ҳали тугамаган"  6 16:22"Наполи" "Ювентус" ярим ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  0 15:58Суперлига. 16-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Пахтакор" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  3 15:26"Манчестер Юнайтед" ва "Ньюкасл" Шешко учун курашади  1

Aybek Nurboev: "Aral"ning maqsadi - mahalliy iqtidorli futbolchilardan raqobatbardosh jamoa tuzish" Yangiliklar

Aybek Nurboev: "Aral"ning maqsadi - mahalliy iqtidorli futbolchilardan raqobatbardosh jamoa tuzish"

Xabaringiz bor, joriy mavsumdan Nukusning "Aral" klubi Birinchi liga musobaqalarida ishtirok etmoqda.

Nukusliklar bugun Oltiariqning "Do'stlik" klubi bilan chempionatdagi navbatdagi tur uchrashuvini o'tkazish uchun Farg'onaga etib kelishdi. Saytimiz muxbiri imkoniyatdan foydalanib jamoa murabbiylar shtabi vakili Aybek Nurboev bilan intervyu tashkilladi.


"Do'stlik-Oltiariq"ga qarshi o'yin haqida

- "Aral" jamoasi bosh murabbiyi bizning  futbolimiz faxriysi Nematillo Quttiboev sanaladi. Hozirda u kishi sog'ligi bilan bog'liq muammolar tufayli Farg'onaga kela olmadi. Borib o'yin bo'lib o'tadigan stadion bilan tanishdik, uchrashuv oldidan mashg'ulot o'tkazdik. "Do'stlik-Oltiariq" yaxshi shakllangan jamoa, tarkibida kuchli futbolchilar jam bo'lgan. Oson o'yin bo'lmaydi, lekin biz har bir o'yinda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Muxlislar qiziqarli va tomoshabop futbol ko'rishlariga hech shubha yo'q.

Jamoa maqsadlari

"Aral"ning maqsadi - mahalliy iqtidorli futbolchilardan iborat raqobatbardosh jamoa tuzish. Hozirda asosan yosh futbolchilarga etibor qaratayapmiz. 

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi 

Aytib o'tganimdek, jamoamiz bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev. U kishiga yordamchi murabbiy sifatida o'zim ko'maklashib kelmoqdaman. "Nasaf"da va boshqa nomdor klublardagi yorqin o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan sobiq futbolchi Azamat Allaniyazov klub direktori lavozimida ish olib bormoqda. Klub matbuot xizmati va boshqa tashkiliy ishlar bo'yicha taniqli mutaxassis Aybek Aknazarov faoliyat olib boradi. Jamoamiz mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladi.

Jamoa tarkibi haqida

Jamoamizda asosan o'tgan yilgi mavsumda 2-ligada to'p tepgan yoshlar o'ynab keladi. Ko'pchilik futbolchilarimizda hozir Birinchi liga tajribasi ham yo'q. SHunday bo'lsa-da, ular uchrashuvlarda har tomonlama o'zlarini ko'rsatib kelmoqdalar. Tarkibimizda taniqli va tajribali futbolchilar ham bor. Masalan Damir Nizanov, SHamsiddin Sagdullaev, Behruz Zaynitdinovlarni ko'rsatish mumkin. Jamoamizda o'rtacha yosh 21-22 yosh hisoblanadi.


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика