"Ayaks" futbolchisi "Barselona"ga o'tishni istamoqda
17 may 2020 12:59
Yangiliklar


"Ayaks" futbolchisi "Barselona"ga o'tishni istamoqda
"Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafiko "Barselona"ga o'tishi mumkin
AS xabariga ko'ra, kataloniyaliklar ushbu futbolchini Xunior Firponing o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda. Firpo o'z navbatida yozda jamoani tark etishga yaqin turibdi. Qayd etilishicha, Talyafikoning o'zi "Barselona"ga o'tishni istamoqda.
Uning klubi bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Hozirda uning transfer narxi 28 mln evroni tashkil qilmoqda.
Ushbu mavsumda argentinalik futbolchi 38 o'yinda 5 gol va 7 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar