"Ayaks" "Feyenoord"ning eng yaxshi to'purarini transfer qiladi
12 iyu 2021 12:48
Yangiliklar
"Ayaks" "Feyenoord"ning eng yaxshi to'purarini transfer qiladi
"Ayaks" "Feyenoord" bilan Rotterdam klubi hujumchisi Stiven Bergeysning transferi borasida kelishuvga erishdi.
Insayder Mayk Verveyning xabariga ko'ra, "Ayaks" 29 yoshli futbolchining transferi uchun 4 mln evro to'laydi.
Vinger amsterdamliklar bilan to'rt yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
Bergeys 2020/21 yilgi mavsum "Feyenoord" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 16ta assist qayd etdi.
Fikrlar