"Ayaks" darvozaboni Onana furosemid qabul qilgani sabab bir yilga diskvalifikaciya qilindi. U xotinining dorisini ichib yuborgan
05 fev 2021 15:54
Yangiliklar


"Ayaks" darvozaboni Onana furosemid qabul qilgani sabab bir yilga diskvalifikaciya qilindi. U xotinining dorisini ichib yuborgan
UEFA "Ayaks" darvozaboni Andre Onanani antidoping qoidalarini buzgani uchun 12 oyga futboldan chetlatdi.
2020 yil 30 oktyabrda 24 yoshli o'yinchining tahlili tekshirildi va unda furosemid aniqlandi. Diskvalifikaciya bugundan boshlanadi va bu barcha musobaqalarga tegishlidir.
"Ayaks"ning tushuntirishicha, kamerunlik posbon 30 oktyabrda o'zini yomon his qilgan va xotiniga yozib berilgan dorini qabul qilgan.
Komissiyaning fikricha, Onananing harakatlarida zararli niyatlar bo'lmagan, ammo sportchi baribir uning tanasiga taqiqlangan moddalarning kirib kelmasligini taminlashi kerak edi.
Onana va "Ayaks" Sport arbitraj sudi (CAS)ning qaroriga qarshi chiqishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar