"Ayaks" bosh murabbiyi Niderlandiya terma jamoasini boshqarishga tayyor emas
07 iyu 2021 10:27
Yangiliklar
"Ayaks" bosh murabbiyi Niderlandiya terma jamoasini boshqarishga tayyor emas
Niderlandiya futbol federaciyasi (KNVB) milliy jamoa uchun yangi murabbiy qidirishni davom ettirmoqda.
"Ayaks" ustozi Erik Ten Xag bunday variantni ko'rib chiqishga tayyor emasligini aytdi.
"Yaxshi bo'lardi, ammo bu hozirda imkonsiz. "Ayaks"daman va shartnomamni 2023 yilga qadar uzaytirdim. Ammo, kim ham bir bor bo'lsa ham milliy jamoani shug'ullantirishni xohlamaydi?", - deydi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Ten Xag 2017 yildan beri Amsterdam klubini boshqaradi.
Fikrlar