“Ayaks” bosh murabbiyi istefoga chiqarildi Yangiliklar

“Ayaks” bosh murabbiyi istefoga chiqarildi

Teglar :  AyaksMarsel Kayzer
“Ayaks” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Marsel Kayzer bilan xayrlashdi.

48 yoshli mutaxassis bilan birga uning yordamchilari Xenni Spikerman va Dennis Bergkamp ham jamoani tark etdi.

O'tgan yili yozda Peter Bos Dortmundning “Borussiya”siga bosh murabbiy etib tayinlangach, uning o'rniga Kayzer “Ayaks” rulini o'z qo'liga olgandi.

Ayni paytda Mikael Rayciger jamoaga vaqtincha bosh murabbiyi sifatida ish yuritadi.

“Ayaks” hozirdi Gollandiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi pog'onada bormoqda (peshqadam “PSV”dan besh ochko orqada). Amsterdamliklar Gollandiya kubogining 1/8 finalidayoq musobaqadagi yurishlarini to'xtatishgan.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика