"Ayaks" Aller bilan 25 mln evro evaziga shartnoma imzolaydi. "Vest Xem" uni 2019 yilda rekord, 50 mln evaziga xarid qilgandi
07 jan 2021 18:00
Yangiliklar


"Ayaks" Aller bilan 25 mln evro evaziga shartnoma imzolaydi. "Vest Xem" uni 2019 yilda rekord, 50 mln evaziga xarid qilgandi
"Vest Xem" hujumchisi Sebastyan Aller "Ayaks"ga o'tishga yaqin.
Klublar bonuslar bilan birga 25 million evro evaziga amalga oshadigan transfer borasida kelishuvga erishishdi. Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda.
26 yoshli o'yinchining shartnoma shartlari ham kelishib olingan, franciyalik futbolchi tez orada yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
"Vest Xem" 2019 yilning yozida Aller uchun 50 mln evro to'lagandi va bu London klubi uchun rekord bo'lgan edi.
Aller joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 16ta o'yinda 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar