So’nggi yangiliklar

20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  0 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  1 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  5 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  6 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  1 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  24 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1

Axbor Imomxo'jaev xotira turnirida 10 ta jamoa ishtirok etadi Yangiliklar

Axbor Imomxo'jaev xotira turnirida 10 ta jamoa ishtirok etadi

Teglar :  Abror Imomxo'jaev
Ikkinchi bor tashkil etilayotgan Axbor Imomxo'jaev xotira turnirida 10 ta jamoa ishtirok etadi.

Sir emaski, “Paxtakor” jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion ishga tushirilishida Axbor ota bevosita ishtirok etgan shaxslardan biridir. Katta avlod bu insonni “Paxtakor” bilan birga yod oladi. SHundan kelib chiqib, o'z vaqtida “Paxtakor” sharafini himoya qilgan mashhur faxriy futbolchilar musobaqada ishtirok etadi.

SHuningdek, qahramonimiz O'zbekiston futbol associaciyasida uzoq yillar mehnat qilgan. CHempionat o'yinlarida komissar sifatida faoliyat olib borgan. Avval hakamlik, keyin esa hakam nazoratchisi sifatida mamlakat futboli rivojiga ulkan hissa qo'shgan. Buning hurmati musobaqaning amaldagi chempioni O'FA Ravshan Ermatov boshchiligida turnirda qatnashadi. SHuningdek, yaqin o'tmishda referi sifatida faoliyat olib borib, endilikda nazoratchi sifatida ishlayotgan shaxslardan iborat O'zFHM jamoasi va O'zPFL jamoasi g'oliblik uchun kurash olib boradi.

Xotira turnirida futbol sharhlovchilaridan tuzilgan yulduzli jamoa hamda asosini sport jurnalistlari tashkil etadigan jamoa ham ishtirok etadi. Championat.asia va Kun.uz kabi nashrlar ham chempionlik uchun bellashadi.

Sir emaski, Axbor Imomxo'jaev umrining so'nggi yillarini “Tong” faxriylar jamoasida bilan birga o'tkazdi. Aynan shu jamoa ham musobaqaga taklif etilgan. Musobaqaning so'nggi jamoasi esa qahramonimizning oila-azolari, o'g'il hamda nabiralaridan tashkil topgan “Sulola” jamoasidir. Bu jamoa bir yil muqaddam final uchrashuvida O'FA bilan to'qnash kelib, yakunda musobaqani 2-o'rinda yakunlagandi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика