So’nggi yangiliklar

13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  0 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  1 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  2 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  15 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  17 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  41 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  100 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  0 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  19 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  25

Avstraliya terma jamoasi sobiq futbolchining vafoti munosabati bilan qora bog'ich bilan maydonga tushdi Yangiliklar

Avstraliya terma jamoasi sobiq futbolchining vafoti munosabati bilan qora bog'ich bilan maydonga tushdi

Avstraliya termasining sobiq himoyachisi Stiven Leybatt o'lik holda topildi.

Uning jasadi Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi plyajdan topildi, deb xabar bermoqda "The Guardian". SHu munosabat bilan "kengurular" futbolchilari va murabbiylari qora bog'ich taqqan holda maydonga tushishdi.



46 yoshli erkakni oxirgi marta juma kuni kechqurun ko'rishgan, u bedarak yo'qolgan deb elon qilingan va favqulodda xizmatlar qidiruv ishlarini boshlagandi. Policiya uning o'limi bilan bog'liq holatlar shubhali deb hisoblanmasligini aytdi.

"Biz Stivenni nafaqat maydondagi yutuqlari, balki xarakteri va atrofdagilarga ijobiy tasiri orqali yaxshi eslaymiz. U Avstraliya terma jamoasining bir qismi sifatida abadiy esda qoladi. Biz uni sog'inamiz. Uning oilasi va do'stlari bilan ruhan birgamiz", – dedi Avstraliya Futbol Federaciyasi bosh direktori Jeyms Jonson.

Leybatt Evropada Niderlandiyaning "Feyenoord" va "Rozendal", Norvegiyaning "Lyun", Belgiyaning "Muskron" va "Gent" jamoalarida o'ynagan. Avstraliya terma jamoasi safida 18 ta o'yinda qatnashgan.

Leybatt  faoliyatini tugatganidan so'ng Sidneydagi Vinsent kasalxonasining reabilitaciya bo'limida ishlayotgandi. U buyragini dializga bog'lanib qolgan bemorga topshirgan edi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика