So’nggi yangiliklar

07:28Суперлига. Бугун 17-тур давом эттирилади  1 01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  4 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  11 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  77 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  1 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0

Avstraliya terma jamoasi haqida Yangiliklar

Avstraliya terma jamoasi haqida

Bugun, 21 yanvar kuni O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogining 1/8 final bosqichida Avstraliyaga qarshi kurash olib borishadi.

Ushbu bahsdan oldin raqib jamoa haqida qisqacha malumot berishga harakat qildim.

Himoya
Avstraliya bosh murabbiyi Grem Arnold himoya chizig'ida harakat qiladigan futbolchilarni almashtirish bilan band. Birinchi turda o'ng qanotda Joshua Risdon o'ynagan bo'lsa, keyingi ikkita bahsda Rayan Grant bu joyni egalladi. Yarim himoyada o'ynayotgan jamoa sardori Mark Milligan esa Trent Seynsberi o'rniga markaziy himoyachi rolini bajardi. CHap qanotda hammasi yaxshi, Aziz Bexich murabbiy unga shubha bilan qarashiga yo'l qo'ymayapti. Hujumlarning katta qismi Bexich orqali amalga oshiriladi. Aziz chap qanotdan uzatmalar berib, jamoadoshlarini jarima maydonchasi ichiga chorlaydi. Futbolchilar ikkinchi qavatdagi kurashlarning ko'pida zafar quchishmoqda. Darvoz tomon berilgan zarbalarning 40tasi qaytarilgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha Avstraliya 24ta jamoa ichida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Qanotlar etarli darajada faol bo'lsada, himoyaviy harakatlarda muammolar bor. Avstraliya darvozasi tomon uyushtirilgan ko'plab hujumlar aynan qanotlar orqali amalga oshgan.

(Aziz Bexich)



Yarim himoya
Maydon markazida ham o'zgarishlar to'xtamayapti. Birinchi bahsda asosiy tarkibda bo'lgan Massimo Luongo Falastin bilan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi. Iordaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin murabbiy tayanch zonasiga "Xall Siti" futbolchisi Jekson Irvinni qo'ydi. Irvin Avstraliyaning ikkita uchrashuvida to'liq harakat qildi. Bu futbolchi raqib hujumlarini bartaraf etish bilan birga standart vaziyatlarda raqib jarima maydonchasida paydo bo'lmoqda. Uning ikkinchi qavatdagi ustunligi hujumda ham yordam beryapti. Pleymeyker Tomas Rogich va Irvinni hisobga olmasak, uchinchi yarim himoyachi kim bo'lishi aniq emas. Ushbu chiziq vakillari oddiyroq o'ynashni maqul ko'rishadi va ko'proq qanotlarga pas berishadi. Avstraliyaliklar paslar soni bo'yicha (1618ta) turnirda uchinchi bo'lib turishibdi, biznikilar esa ettinchi (1468ta pas).

(Jekson Irvin)


Hujum
Aver Mabil, Kris Ikonomidis va Jeymi Maklaren hujum uchburchagini tashkil qiladi. CHapda Ikonomidis, o'ngda Mabil qanot himoyachilariga muammo tug'dirsa markazda Maklaren klassik forvard vazifasini bajaradi. Bu trioning eng xavfli vakili Aver Mabil hisoblanadi. U guruh bosqichidagi 3ta o'yinda 20ta kross amalga oshirdi va 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Mabil ikkala oyoqda aniq zarba bera oladigan futbolchilarning biri. CHap qanotda Ikonomidis driblinglar amalga oshirib, raqibni qo'pollik ishlatishga majbur qiladi. Statistika bo'yicha Avstraliya terma jamoasi futbolchilari orasida Kris Ikonomidis o'z jamoasi uchun eng ko'p standart ishlab bergan ekan. O'rtada o'ynaydigan Maklaren ikkinchi qavatdagi janglarda kuchli. Avstraliyaliklarning 6ta golidan 2tasi bosh bilan, yana 2tasi jarima maydonchasi tashqarisidan urilgan.

(Aver Mabil)

Avstraliya terma jamoasining taxminiy tarkibi
Darvozabon: Metyu Rayan
Himoyachilar: Aziz Bexich, Mark Milligan, Milosh Degenek, Rayan Grant.
Yarim himoyachilar: Jekson Irvin, Massimo Luongo, Tom Rogich.
Hujumchilar: Kris Ikonomidis, Aver Mabil, Jeymi Maklaren.


Avstraliya ushbu Osiyo Kubogida chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri hisoblanadi, ammo bu turnirda hammani mag'lub etish mumkinligini bir necha marotaba isbotlashdi. SHunday ekan, O'zbekiston terma jamoasi raqibga qarshi munosib o'yin ko'rsatib, g'alaba qozonishiga va mamlakatimizga yana bir bayramni taqdim etishiga umid qilaman.

Muallif : Aslanov Jasurbek
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика