So’nggi yangiliklar

01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  0 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  1 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  5 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  4 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  13 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  26 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7

Avstraliya Osiyo Kubogini o'tkazishga tayyor emas ekan! Yangiliklar

Avstraliya Osiyo Kubogini o'tkazishga tayyor emas ekan!

Bu fikrga Qatardagi Osiyo Kubogi, Incheondagi Osiyo o'yinlari, Turkiya va BAAdagi yoshlar hamda o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati va amirliklarda yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati ishtirokchisi sifatida yozayapman.

To'g'ri, Avstraliya turistlar uchun eng zo'r davlatlardan biri hisoblanadi. Har qanday sharoit mavjud. Avia, metro, avtobus va taksi xizmatlariga qoyil qolmay ilojingiz yo'q. SHahar yam-yashil, yo'llar ravon. Ammo, Osiyo Kubogini o'tkazish uchun ularda yo xohish yoki mablag' etmayapti. SHijoatni ham ko'rmayapmiz. Kecha Jeparov bejizga qitada Osiyo Kubogi bo'layotganiga ham o'xshamayapti deb aytmadi. Rostan ham Osiyo chempionati haqida mamlakat ichida deyarli bilmaysiz. Faqatgina stadion va rasmiy mehmonxona yaqiniga kelgach bannerlarni ko'rmasangiz, atrof suv quygandek jim-jit. Agar regbi yoki beysbol kabi turnir bo'lganidami, ko'rar edik ularning yonib kuyishini. Qiziqish bo'yicha 5-o'rinda turadigan sport turini yuqori saviyada o'tkazish yo'lida tashkiliy ishlar qilinmagan. Balki, feysbuk, tvitter va rasmiy saytlarda ularning ahamiyati katta qilib ko'rsatib berilayotgandir, ammo bu OFKning ish, Avstraliyaning emas. Bu erga kelsangiz, futbolni qorong'u tun bosgan. 

Mana uchinchi kundirki Sidneydamiz. Hali musobaqaning rasmiy qo'shig'ini eshitganimiz yo'q. Qatar va Incheonda kun musobaqa musiqasi sadolari ostida boshlanib, kuniga 12 soat qayta-qayta takrorlanar edi. Osiyo Kubogi-2011ning "Olg'a Osiyo" qo'shig'ini hali ham mazza qilib eshitamiz. "Al Kass TV" esa 24 soatli efirning 16 soatga yaqin vaqtini to'g'ridan-to'g'ri uzatardi. JCHni Qatardan tortib olishga urinayotganlar, hayotlaridagi eng katta xatolikka yo'l qo'ygan bo'ladilar. Qatardaka Osiyo Kubogini yaqin 10 yil ichida hech kim o'tkaza olmasa kerak. 

Endi bizga tug'dirilayotgan noulayliklar haqida yozib o'tsam. Avstraliya shundoq ham juda qimmat davlat, kecha media mehmonxonadan 19 km. uzoqdagi mashg'ulot maydoniga 102 Avstraliya dollariga borganimizni takidlab o'tish kerak. Bizning pulga chaqsangiz bu 300 000 so'm atrofida bo'ladi. Mashg'ulot maydoni uchun hech bo'lmasa kichik mashinalar tashkil etilmagan bu turnirda OAV faoliyat olib boradigan media-markazning soat 14:00dan ochilishiga nima deysiz? Unga qadar nima qilamiz degan savolga, mehmonxonada ishlang degan javobni oldik. Mehmonxonada qanday ish bo'lsin, axir har qanday kishini to'shak uyquga tortsa?

OAV avtobusi faqat media mehmonxonadan media-markazga boradi. Mashg'ulotlar shaharning bir chekkasida, unga o'zingiz borasiz. Qatarda hammasi alo darajada edi. Bitta o'yindan, ikkinchi o'yinga, ikkinchi o'yindan turib istang uyga, istang media-markazga, istang ikkinchi jamoa mashg'ulotiga borardingiz. Media-markaz soat 8:00dan ish boshlab, 01:00gacha ochiq bo'lar edi. OAVga qulaylik tug'dirish yo'lida uch mahal bepul oshxona ixtiyoringizda. OAV taxtasida istalgan davlat haqida axborotga ega bo'lardingiz, mahalliy gazetalarning deyarli bari futbol bilan yashagan, tongdagi malumot tushlikdagi gazetada qo'lingizda bo'lardi. Hozircha Sidneyda birorta gazetani ko'rmadik. Aniqrog'i, media-markazda ular yo'q. Bu erga 12:30da kelsak, markaz yopiq. Eng-eng yomon tashkilotchilik deb bu haqda markaz vakiliga aytdim. Media-markaz nima uchun kerak: bu erda axborot almashasiz, chet el OAVi bilan suhbat qilasiz, o'rganasiz, o'rgatasiz... Ammo Avstraliya qilinayotgan xarajatlarimizning 10dan biriga ham arzimas ekan. O'zbekiston - KXDR o'yini tugagach, media-markaz soat 22:45da yopiladi. Avstraliya - Ummondan keyin esa 00:45gacha ishlar ekan. Maydon egalariga qilingan sharoitga chet el OAV haqli emasmi? 

Yuqorida futbol Avstraliyada beshinchi darajada turishini aytib o'tdim. Birinchi o'rinda Avstraliya futboli, keyin kriket. Uchlikni beysbol yakunlab beradi. Aynan Osiyo Kubogi bilan parallel ravishda, mamlakat bo'ylab bundan 200 yil avval Avstraliyaga kirib kelgan kriket bo'yicha uchta jamoa ishtirokida "The 2015 Carlton Mid Tri-Series" musobaqasi bo'lishiga nima deysiz. Media-markazdagi TVlarda Osiyo Kubogi emas, aynan mana shu musobaqa targ'ib qilinayotgani, qita birinchiligiga bo'lgan hurmatsizlik deb aytish mumkin. Bu musobaqada uch jamoa, Hindiston, Angliya va maydon egalari qatnashadi. 16 yanvardan to 1 fevralgacha davom etadigan kriket turniri, o'z-o'zidan futbolni soyasiga olgan ko'rinadi.

Xullas... Bu nafaqat bizning fikrimiz, balki Osiyo Kuboklarida ishtirok etib yurgan ko'pchilikning hamdir. OFK ikkinchi marotaba bu davlatga yirik musobaqani berishi kerak emas, FIFA ham!


Suratga izoh: Media markaz ko'ngilli yordamchilar uchun suhbat maydoni xolosmi?


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика