So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  1 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

Avstraliya Osiyo Kubogini yirik g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

Avstraliya Osiyo Kubogini yirik g'alaba bilan boshladi

2015 yilgi Osiyo Kubogining birinchi uchrashuviga ham etib keldik.
"CA"da o'yinni jonli kuzatib bordingiz.

Osiyo Kubogi-2015
"A" guruhi, 1-tur
Melburn, "AAMI Park" stadioni
Avstraliya - Quvayt 4:1
Gollar
: T.Keyxill 33, Franjich 44, M.Edinak 61 (pen.), J.Troizi 90+2 - H.Fadhel 8

Avstraliya: Rayan, Franijich, Seynsbri, Spiranovich, Bexich, Edinak, Luongo (M.Breshiano 84), Troisi, Leki, Kruz (Berns 72), Keyxill (Jurich 65).

Quvayt: Hussayn, Hajri, Qahtoni (Al-Mutva 75), Saloh, Aziz, Alebrahim, Sulton, Al-Enzi, Faysal, Al-Maqsid, Hamid.

Ogohlantirishlar: H.Fadhel 18, F.Zayid 47



                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                        YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Sizlar bilan ushbu juda qiziqarli o'tgan uchrashuvni kamina Tolibjon Qosimov birgalikda kuzatib bordi.

90+2. Gooooooollll, Troiziiii, 4:1.

90+1. Quvayt vakili o'ng tomondan birga-bir chiqib borayotganda Metyu Rayyan darvozadan chiqib xavfni bartaraf etdi.

90. Edinak xushtakdan keyin darvozaga zarba berib gol urdi, buning uchun sariq olishi ham mumkin edi.

85. Zarbaaaaa, Al-Rashididan navbatdagi seyv.

84. Bugungi uchrashuvda bitta gol urgan va golli pas bergan Luongoning o'rniga Breshiano maydonga tushdi.

83. Troizi qo'pollik ishlatgani uchun avstraliyaliklar darvozasi tomon jarima zarbasi.

81. Lekkining pasiga hech kim peshvoz chiqmadi.

80. Badr Al-Mutvaaa, yaxshi imkoniyat bo'lgandi, samarasiz.

76. Hozirgina zahiradan maydonga tushgan Burns boshi bilan zarba berdi, darvoza to'sini quvaytliklar joniga oro kirdi.

75. Quvayt terma jamoasi tarkibida chap qanot himoyachisi Al-Qahtonining o'rniga hujumchi Badr Al-Mutva tushdi.

71. Zarbaaaa va darvozabondan super seyv. Fahad Ibrohimning juda kuchli va aniq zarbasini Metyu Rayyan qaytarib yubordi.

69. Robbi Kruze yana yiqildi, bet ham yo'q ekan shu bolada hadeb yiqilaverarkan penalti so'rab. ) O'g'ri bo'l, g'ar bo'l, insofli bo'l deyisharmidi... ))

69. Quvaytning afsonaviy o'yinchisi Badr Al-Mutva chigalyozdi mashqlarini bajarmoqda.

68. Quvayt gol urganidan so'ng uyog'iga turib bera olmayapti, "kengurular" ancha kuchli ekanligini amalda ham isbotlashmoqda.

61. Penalti. Gooooooolllll, Edinak 3:1. Robbi Kruze ishlagan penaltini Edinak aniq amalga oshirdi.

60. Metyu Lekkidan super zarba va darvoza to'sini

59. Keyxilldan zarbaaa, darvozabondan super seyv

53. Har ikki terma jamoa autni bir-birlariga sovg'a qilishdi.

47. Faisal Zayid ogohlantirildi.

Tim Keyxill Avstraliyaning oxirgi 12 ta golidan 8 tasiga mualliflik qilgan edi, u bugun ham gol urdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi, davom etamiz.


Birinchi bo'limdan keyingi statistika

Birinchi bo'lim tugadi.

Luongo bugun gol ham urdi, golli pas ham berdi.

44. Gooooooooollll, Luongo 2:1. Franichning o'ng qanotdan uzatib bergan to'pini Luongo darvozaga joylab qo'ydi.

41. Edinak kichik jarohat oldi, zambllar chiqdi maydonga

36. Avstraliya katta kuch bilan oldinga o'tishmoqda, bosim uyushtirishmoqchi.

33. Gooooooollll, Tim Keyxill 1:1. Luongoning pasidan so'ng Tim hisobni tenglashtirdi.

31. Robbi Kruze yaxshi vaziyatga chiqqan edi, lekin o'yindan tashqari holat qayd etildi.

29. Quvaytlik Al Hajri jarohat olib maydonda yotibdi, stadion esa "uvillamoqda".

Sal avvalroq Ermatov Keyxillga nimalarnidir tushuntirdi, - "Robbenni "jilovlaganman", sen kim bo'libsan uni oldida" - dediyov ))

20. Edinakning zarbasi jonli devorga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

18. Gol urgan Husayn Fadhel raqiblar foydasiga jarima zarbasi ishladi va sariq kartochka oldi. Xavfli nuqta.

14. Quvayt vakillari navbatdagi xavfli zarbani amalga oshirishdi, Metyu Rayyan o'z joyida.


Quvaytliklar goldan so'ng

12. Mezbonlar jarima zarbasidan foydalana olishmadi.

11. Fifa.uz da Avstraliyadan darvozabon va himoyachi olganlarga alangali salomlar... ))

Mana sizga uchrashuvning ibtidosi, kutilmagan boshlanish. Quvayt burchak zarbasidan unumli foydalandi, Husayn Fadhel bosh bilan hisobni ochdi.

8. Goooooollllll. Husayn Fadhellll 0:1.

3. Mezbonlar ilk burchak zarbasini amalga oshirishdi, samarasiz.

1. "Kengurular" raqib darvozasi oldiga "birrov"ga borib kelishdi.

O'yin boshlandi, Ketdik...

- Siz kimga muxlislik qilasiz? Biz chiroyli o'yin va xatosiz hakamlikka muxlislik qilamiz. Ermatov boshqarayotgan o'yinda biz uchun natija hakamlikdan keyingi planga tushadi. )

- Avstraliya sariq-yashil libosda, Quvayt ko'k libosda, hakamlar brigadasi esa och ko'k-qora libosda.

- Endi esa madxiyalar yangramoqda, avvaliga Quvayt so'ngra Avstraliya davlatlarining madxiyalari yangramoqda.

- OFK rasmiylari har ikki terma jamoa o'yinchilari bilan tanishib chiqishmoqda.

- Ushbu uchrashuvni Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduxamidullo Rasulov hamda qirg'izistonlik Bahodir Qo'chqorovlar yordam berishadi.


Ochilish marosimi...

- OK-2015 kubogi stadionga olib chiqildi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari, Osiyo Kubogining ilk uchrashuvi boshlanish arafasida. Avstraliya hamda Quvayt terma jamoalari o'rtasida kechadigan bahs Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика