So’nggi yangiliklar

19:02Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Саудия Арабистонига қарши таркиби маълум  0 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  4 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  3 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  0 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  10 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  7 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  1 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  1 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  2 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  6 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0

Avstraliya - BAA. Prevyu Yangiliklar

Avstraliya - BAA. Prevyu

Osiyo Kubogi ikkinchi yarim finalidan o'rin olgan Avstraliya va BAA o'rtasidagi o'yin Nyukasl shahridagi stadionda bo'lib o'tadi.
Avstraliya guruhda Quvayt (4:1) va Ummonni (4:0) mag'lub etdi, Janubiy Koreyaga (0:1) yutqazib qo'yib ikkinchi o'rinni egalladi. CHorak finalda mezbonlar Xitoy darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi.

BAA esa "C" guruhida Qatar (4:1) va Bahraynni (2:1) taslim qildi, Eron (0:1) yutqazib qo'ydi. CHorak finalda arablar amaldagi Osiyo chempioni Yaponiyani penaltilar seriyasida mag'lub etdi - 5:4.

Avstraliya o'z tarixida uchinchi bor qita chempionati final bosqichida qatnashmoqda. Jamoaning musobaqadagi eng yaxshi natijasi 2011 yil qayd etilgan. Qatarda "sokkeruzlar" finalda ishtirok etishgandi.

BAA uchun bu yilgi musobaqa 9-Osiyo Kubogi hisoblanadi. Ushbu jamoa 1996 yil o'z uyida tashkil etgan qita chempionatida finalga qadar etib borgan.

Bu ikki jamoa o'zaro 2 marta to'qnash kelgan. BAAda bo'lib o'tgan ikkala bahsda ham tomonlar nursiz durang qayd etishgan.

Ushbu jamoalar bugun Osiyo Kubogi doirasida ilk bor bir birlariga qarshi maydonga tushishadi.

Avstraliya - BAA
Yarim final, 27 yanvar 14:00
Nyukasl, "Nyukasl" stadioni
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov
Qanot hakamlari: Abdulhamidullo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston)
To'rtinchi hakam: Abdulrahmon Husayn (BAA)
Nazoratchi: Subhiddin Mohd Solih (Malayziya)
Komissar: Kamel Tokabaev (Qirg'iziston)


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика