Avstraliya 2034 yilgi JCH mezbonligi uchun ariza topshirmaydi
31 okt 2023 18:55
Yangiliklar
Avstraliya 2034 yilgi JCH mezbonligi uchun ariza topshirmaydi
"Biz futbol bo'yicha Jahon chempionatini o'tkazish uchun ariza berish imkoniyatini o'rganib chiqdik va barcha omillarni hisobga olgan holda, 2034 yilgi musobaqada bunday qilmaslik to'g'risida xulosaga keldik", – deyiladi tashkilot saytida.
Avvalroq Xalqaro Futbol Federaciyasi (FIFA) Osiyo Futbol Konfederaciyasi (AFC) va Okeaniya Futbol Konfederasiyasi (OFC)ni 2034 yilgi Jahon chempionati mezbonligi huquqi uchun davogarlik qilishga taklif qilgandi. Keyinroq Saudiya Arabistoni ham musobaqa mezbonligi uchun ariza topshirgandi.
Oktyabr oyi boshida FIFA 2030 yilgi Jahon chempionati uch qitaning oltita davlatida o'tkazilishini elon qildi. Musobaqaning asosiy tashkilotchilari Ispaniya, Portugaliya va Marokash hisoblanadi, biroq turnirning ilk o'yinlari Janubiy Amerikada o'tkaziladi – ularga Urugvay, Argentina va Paragvay mezbonlik qiladi.
Fikrlar