So’nggi yangiliklar

17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  14 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  25 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7

Avgustin CHirica: “Bunyodkor” futbolchilari mavsumga 75-80 foiz tayyor” Yangiliklar

Avgustin CHirica: “Bunyodkor” futbolchilari mavsumga 75-80 foiz tayyor”

Toshkentning “Bunyodkor” klubi yangi mavsum oldidan o'z safiga bir qator futbolchilar bilan bir qatorda yangi murabbiyni tanishtirdi.
Ruminiyalik Avgustin Edvard CHirica bundan buyon jamoa o'yinchilarining jismoniy holatiga javob beradi. Tanishtiruv marosimidan so'ng biz murabbiyni suhbatga tortdik.  

- Yurtimizga xush kelibsiz. Avvalo "Bunyodkor" varianti qaerdan chiqqani haqida bilmoqchi edik.
- Men o'tgan yil Qozog'istonning "Ordabasi" klubida ishladim. Jamoada Viktor Pasulkoga yordam berardim. SHartnomam tugagan va jamoaga Viktor Kumikov bosh murabbiy etib tayinlangandi. Klub bilan Dubayga yig'inga bordim. O'sha erda "qaldirg'ochlar" vice-prezidenti Baxtiyor Boboevning taklifi menga maqul tushgani uchun "Bunyodkor"ga o'tdim.



- “Bunyodkor” bilan nechchi yillik shartnoma tuzdingiz?
- Toshkent klubi bilan bir yillik shartnoma tuzdim. 2015 yil to'liq “qaldirg'ochlar” safida ishlayman.

- Bu jamoada sizning vazifangiz nimalardan iborat?
- Jamoada jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lib ishlayman. Asosiy tarkib bilan muntazam ravishda ish olib boraman. Bundan tashqari yoshlar jamoalari, akademiya futbolchilariga ham qo'limdan kelganicha maslahat berib borishim mumkin.

- "Ordabasi"ga kelishdan oldin qaerda ishlgansiz?
- Undan oldin men futbolchi bo'lganman. 2008 yildan boshlab men "Viktoriya Braneshti" klubida o'ynovchi murabbiy bo'lib ish boshlaganman. 5-6 yil yordamchi murabbiy sifatida ishlaganman.

- Futbolchi sifatida qaysi klublarda to'p tepgansiz?
- Juda ko'p klublarda faoliyat olib borganman. Ruminiya birinchi va oliy ligasida "Grivica Buxarest", "Mineril Motru", "Universitatea Kraiova", "FK Arges Piteshti", "Alprom Slatina", "Inter Gaz", "Viktoriya Braneshti" kabi klublarda, 2003-2004 yil Ukrainada "Karpati Lvov"da o'ynaganman. 2005 yil Isroilda "Xapoel Bir SHeva"da to'p tepganman. 2007-2008 yilgi mavsumda Germaniyada "Yunkersdorf"da faoliyat olib borib Viktor Pasulko bilan tanishganman. Umuman olganda 37 yoshgacha futbol o'ynagaman.



- Futbolchilik faoliyatingizdagi eng katta natija qaysi bo'lgan?
- Hech nima yutmaganman (kuladi). Bir marta "FK Arges Piteshti" safida Ruminiya kubogi yarim finaliga qadar etib borganman.  

- Ruminiya terma jamoalarida ham o'ynaganmisiz?
- Milliy terma jamoada o'ynash nasib qilmagan. Yoshligimda mamlakat o'smirlar terma jamoasida to'p tepganman.

- Ukrainada futbolchi bo'lib o'ynagansiz, Qozog'istonda esa murabbiy sifatida ishladingiz. Bu chempionatlardagi farq haqida...

- Bilasizmi men Ukrainada 2003 yil o'ynaganman, Qozog'istonda esa 2013 yil ishlaganma. Orada 10 yil o'tgan. Futbol yildan yilga rivojlanib bormoqda. Oldinlari bir futbolchi o'yin davomida 5-6 kilometr yugurardi, hozir bu ko'rsatkich 12 kilometrga ham etmoqda...SHu bois taqqoslash juda qiyin.

- "Bunyodkor"da bir oydan buyon ishlayapsiz. O'zbekistonlik futbolchilarning jismoniy holati haqida fikrlaringiz qanday?
- Har ikki kunda o'yin o'tkazildi, hali barcha futbolchilar haqida to'liq malumotga ega bo'la olmadim. Bunga vaqt kerak. Sizga bir narsani aytib beraman: Yig'in davomida Obid Jo'raboev dastlabki o'yinda 90 daqiqa harakat qildi. Ikkinchi bahsda Akrom Komilov jarohat olgani uchun yana 60 daqiqa o'ynadi. Ko'ryapsizmi futbolchi bir kunda jami 150 daqiqa harakat qildi. Yig'inlar davomida asosiy etibor o'rtoqlik o'yinlariga qaratildi. Ko'p narsani birinchi rasmiy o'yin ko'rsatib beradi. Bundan tashqari "Bunyodkor" 3 oydan buyon rasmiy o'yinda ishtirok etgani yo'q, "Al Jazira" esa chempionatda o'z uchrashuvlarini o'tkazmoqda. Muxlislar faqat maydondagi o'yinga va hisobga qarashadi...

- Umumiy olganda "Bunyodkor" futbolchilari shu kunga kelib (suhbat 11 fevralda bo'lgan) jismonan nechchi foizga tayyor deb hisoblaysiz?

- Agar umumiy olib qarasak taxminan 75-80 foiz deya olaman. Yana bir narsaga etibor qiling bizning bir qator futbolchilarimiz milliy va yoshlar terma jamoalarida edi. Barchaning holati turlicha.



- "Al Jazira"ga qarshi o'yin borasida shaxsiy fikringiz qanday? Raqib safida Mirko Vuchinich kabi tajribali futbolchi bor.

- Ular safida Vuchinich yana bir argentinalik futbolchi (Lanzini, muallif) o'ynashini bilaman. Albatta u kuchli hujumchi, yulduz. Lekin bu futbol, kuchli futbolchi bor degani g'alaba cho'ntakda degani emas. Barcha futbolchida yaxshi kun va yomon kun bo'ladi. Agar bir jamoada bitta etakchi bo'lsa butun jamoa unga o'ynaydi, agar uning omadi kelmasa butun jamoa yutqazadi. "Bunyodkor"da yulduz futbolchi yo'q, bizda jamoa bor. Masalan, "Atletiko" - "Real" uchrashuvidagi kabi... Simeone jamoasida yulduz yo'q, ammo ular 4:0 hisobida yutishdi. SHunday ekan, "Bunyodkor" "Al Jazira"ni mag'lub etishiga ishonaman.

- Sardor Rashidovning jismoniy holati haqida fikringiz.
- U ham Osiyo Kubogida ishtirok etdi. Sardor tezkor, jismonan juda kuchli futbolchi, uning tanasi haqiqiy atletlardek. Turkiyadagi yig'inda "Astana"ga qarshi o'yinda ilk daqiqada gol urishi mumkin edi. O'zi o'ynagan uchrashuvlarda uchta-to'rtta vaziyat yarata oldi.

- Xayrulla Karimov va Pavel Bugalo. Ularning ikkisi ham faxriy hisoblanadi. Bu futbolchilarning jismoniy holati borasida...
- Bir narsa aytaman - juda ham professional futbolchilar! Ularning yig'in davomidagi mashg'ulotlarini ko'rganingizda edi. Anchadan buyon bunday futbolchilarni ko'rmagandim.


AVGUSTIN EDVARD CHIRICA
Tug'ilgan sanasi: 10.10.1975
Tug'ilgan joyi: Slatina (Ruminiya)
Futbolchilikdagi ampluasi: Yarim himoyachi
Bo'yi: 173 sm
Vazni: 73 kg

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика