Avazxon Mamatxo'jaev: "Durang adolatli natija bo'lardi"
01 iyu 2016 17:43
Yangiliklar
Avazxon Mamatxo'jaev: "Durang adolatli natija bo'lardi"
“Olmaliq” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yinda qo'qonliklar tarkibida Avazxon Mamatxo'jaev debyut o'yinini o'tkazdi.
Biz o'yindan so'ng yosh futbolchining dastlabki o'yini haqida fikrlarini so'radik.
- Ilk marta asosiy tarkibda o'ynadim. Menga ishonch bildirishgani uchun murabbiylarimga rahmat. O'yin yaxshi bo'ldi, 3-golni kutilmaganda o'tkazib yubordik. O'yin 2:2 hisobi bilan tugaganda adolatli bo'lardi.
O'zimning o'yinimdan qoniqdimmi? Meni o'yinimga bahoni murrabiylar va muxlislar berishgani maqul. Endi ikkinchi davrada chiroyli o'yin va yaxshi natijalar ko'rsatishga astoydil harakat qilamiz, - deydi futbolchi.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar