So’nggi yangiliklar

18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   3 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  1 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  34 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  1 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  2 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  51 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  13 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  2 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  69

Avazbek O'lmasaliev: "Golimni akamga bag'ishlayman" Yangiliklar

Avazbek O'lmasaliev: "Golimni akamga bag'ishlayman"

"Navbahor"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv"ga g'alaba keltirgan gol muallifi Avazbek O'lmasaliev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avazbek, avvalo gol urilgan vaziyat haqida gapirsangiz.
- Avvalo, aytishim mumkinki, juda tez hujumga o'tdik. Temurxo'ja Abduxoliqov to'p bilan edi, yaxshi nuqtaga ochildim va to'pni so'radim. Bir raqibdan o'tgandan keyin o'ylab ham o'tirmasdan zarba yo'lladim. Miyamda faqatgina gol haqida o'ylar bor edi.

- Jamoaning Superligadagi vazifasi borasida nima deya olasiz? Yangilarning jamoaga moslashuvi qanday kechmoqda?
- G'alaba uchun maydonga tushyapmiz. Yangilar jamoaga tezda moslashib ketganini barcha ko'rib turibdi, ular yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Kollektiv haqida ham shunday iliq fikrlarni ayta olaman, navbatdagi o'yinlarga ham shunday pozitiv kayfiyatda tayyorlanamiz. Asosiy maqsad - istalgan imkoniyatdan foydalanib, g'alabaga erishish.

- Jamoadoshlaringiz gol bilan qay tariqa tabrikladi?
- Ha, barchadan tabrik qabul qilib oldim. Yo'ldan uchragan barcha elkamni urdi (kuladi). Umuman olganda, barchasi ajoyib! SHunday ruxda davom etishga harakat qilamiz. SHuni aytishim kerak, golimni akamga bag'ishlayman. U televizor orqali o'yinni tomosha qilib turdi. Akamni xursand qilganimdan juda ham xursandman.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика