So’nggi yangiliklar

22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  0 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  0 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  4 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  17 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  18 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  7 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  3 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  8

Avaz Mutalov: “Paxtakor”ning maqsadi butun o'zbek futbolini rivojlantirish” Yangiliklar

Avaz Mutalov: “Paxtakor”ning maqsadi butun o'zbek futbolini rivojlantirish”

“Paxtakor” klubi marketing bo'limi rahbari Avaz Mutalov may oyi boshida Ispaniya poytaxti Madrid shahrida bo'lib qaytdi.

“Real” – “Vilyarreal” uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatgan Avaz aka ushbu safar taassurotlari, yangi hamkorlar, “Paxtakor”da yaratilgan sharoitlar va “Paxtakor-79”ning 40 yilligi haqida gapirib berdi.

"DOUBLE PASS" VA "PLAYER LANDS" BILAN HAMKORLIK


Faqat bitta klubni rivojlantirishdan mano yo'q, butun O'zbekiston futbolini ko'tarish zarur. Barcha birgalikda rivojlanishi lozim. O'FA ham, PFL ham, klublar ham o'sishi kerak. Bundan esa muxlislar yutishi kerak. Xabaringiz bor, Toshkentda Belgiyaning "Double Pass" kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan edik. "Double Pass" bilan hamkorligimiz o'zbek futbolidagi eng muhim qadamlardan biri bo'ladi.

Ushbu kompaniya bilan hamkorlik albatta qimmat turadi. Boshqa klublarning bunga qurbi etmaydi? Bu savol ko'rib chiqilgan edi. PFL yordamida bu klublarga bepul taqdim etilishi mumkin. Umuman olganda O'zbekistondagi barcha klublarga ochiqmiz. Barchasiga. Klubda menedjment bo'yicha maxsus kurslar tashkil etmoqchimiz.

"Player lands" "Double Pass"ning hamkori hisoblanadi. "Player lands" bu boshqa jamoa futbolchilarini izlash va o'z o'yinchilaringizni joylashtirish uchun maxsus platforma hisoblanadi. Ikki yil oldin tashkil etilgan bu platformada ayni paytda 500ta klub mavjud. Hozir ushbu kompaniya bizga "Paxtakor" futbolchilari ushbu platformaga joylashtirilmoqda va shu bilan birga yangi o'yinchilarni qidirish imkoniyatini berishdi.

Madridda bugungi kunda "Player lands"da ishlayotgan Xose Raman bilan uchrashdik. Bu inson ko'p yillar davomida Madridning "Real" klubi menejmentini boshqargan. Uchrashuvga "Real"ning sobiq prezidenti Xose Ramon Kalderonni ham taklif qildi. Uchalamiz juda ko'p sohalarda suhbat qurdik. Ko'p savollarimga javob oldim. Bugungi kunda jahon sportida 90 milliard evro pul aylanayotgan ekan. Futboldagi pul aylanmasi esa yildan-yilga o'sib bormoqda. Kalderon "Real"ga kelganida katta qarzdorliklari bor edi, bu qarzlarni yopish bilan birga u Krishtianu Ronalduning transferini amalga oshirishga ham erishgandi.

Ushbu kompaniya klubning har bir yo'nalishida, sport, marketing, menedjment, media va boshqalarda o'zining to'g'ri tavsiyalarini beradi. Biz nima qilmoqchimiz? O'zbek futboli atrofida normal biznes tizim paydo bo'lishini istaymiz. SHunda klublarimiz o'z-o'zini taminlay oladi va xatto foyda ham oladi. Albatta bunga vaqt kerak bo'ladi. Bitta misol keltiraman, 2002 yil Italiyaga borganman. "Fiorentina" klubida badal puli yo'qligi bois B seriyaga tushib ketish xavfi paydo bo'lgandi. Biroq klub muxlislari o'sha pulni yig'ib berishgandi. Natijada "Fiorentina" A seriyada o'z o'rnini saqlab qolgandi.



“PAXTAKOR”DAGI YANGI TEXNOLOGIYA

"Paxtakor" ayni paytda "Catapult" tizimidan foydalanib kelayapti. Ushbu tizim nima beradi? Har bir futbolchining o'yinlarda va mashg'ulotlardagi texnik-taktik harakatlarini onlayn ravishda kuzatib bora olamiz. Oddiy muxlis ko'ra olmaydigan jihatlarni ushbu tizim bosh murabbiyga aytib turadi. Masalan, futbolchining yurak yurishi va qon bosimi qandayligini muxlis ko'rmaydiku to'g'rimi? Murabbiylar shtabi esa bularning barchasini onlayn tarzda kuzatib turishadi hamda qaysidir futbolchi charchaganini yaqqol ko'radi. SHu bois balki muxlislar nazdida faol bo'lgan futbolchi almashtiriladi. Biroq murabbiyda buning muhim sabab bo'ladi. Bu tizimning foydali jihatlari:

1.Sportchini himoya qilish
2.Yuklamalarni to'g'ri taqsimlash
3.Statistik malumotlar

Bugungi kunda O'zbekistonda faqat "Paxtakor" klubi ushbu tizimdan foydalanib kelmoqda.

Xabaringiz bor, so'nggi paytlarda futbolchilarimiz jarohat olishmoqda. Ularni tezda tiklanishlari juda muhim. Klubimizda tiklanish markazi mavjud. Uning eshiklari barcha uchun ochiq. Futbolchilar - insonlar. Ularni asrash kerak, ularga jiddiy yuklamalar beriladi. O'yinchilarning sog'ligi klubimiz va mamlakatimiz merosi. SHu boisdan ham mazkur markaz tashkil etilgan. "Alkorkon" klubi bilan tanishib chiqqanimizda biz ulardan kam bo'lmagan sharoitlar yaratib berayotganimizga guvohi bo'ldim. Qibrayda katta tamirlash ishlari o'tkazildi. CHilonzorda ishlarni boshlab yubordik. U erda yangi maydonlar va yangi bino bo'ladi. Rahbariyat, "SFI management group" va klub prezidenti bolalar-o'smirlar futboli va akademiyaga alohida etibor qilmoqda.



MADRIDGA SAFAR VA “ALKORKON” BILAN HAMKORLIK HAQIDA

Madridga tashrifimiz chog'ida Ispaniya Segundasida ishtirok etayotgan "Alkorkon" klubi rahbarlari bilan uchrashdik va hamkorlik borasida kelishuvga erishdik. Nima uchun aynan “Alkorkon”? Sababi tan olish kerak ayni paytda “Real” yoki “Barselona”ning darajasi bizdan anchagina baland, biz o'z darajamizdagi klub bilan hamkorlik qilishni maqsad qildik. Bu klubning akademiyasini o'rgandik, marketing, homiylarni qanday jalb qilish borasida tajriba almashdik. Kelajakda ushbu klubda bizning o'yinchilar mashg'ulot o'tkazish borasida kelishuvga erishdik. Umuman olganda bu klub akademiyasida butun dunyodan bolalar kelib tahsil olishmoqda. "Alkorkon"ning faqat Madridda emas, Ispaniya va boshqa davlatlarda ham akademiyalari mavjud ekan. Kelajakda bu hamkorlikdan o'zbek futboli yutishi aniq.

Madriddaligimizda "Real Madrid" - "Vilyarreal" uchrashuvini "Santyago Bernabeu" stadionidan kuzatdik. Stadionda futbol madaniyati, muxlislik madaniyati bor. Muhit shunchaki ajoyib edi. Stadiondagi beshta yarus to'la muxlislar jamoalarni olg'a boshlab turishdi. Eng tepada o'tirgan muxlislarga maydon u qadar yaxshi ko'rinmasligi mumkin, ammo katta ekranlarda o'sha vaziyatni ko'rish mumkin. Nima uchun bizda fonogrammada qo'shiq aytadigan yosh qo'shiqchilar bunchalik ko'p piar qilinadi? Nima uchun yosh futbolchilarni piar qilmasligimiz kerak? Axir futbolchilik juda og'irku. Har kungi mashg'ulotlar, tinimsiz mehnat...

"Real" o'yinini jonli ko'rdik, bir narsani aytishim kerakki, o'yin xuddi televizorda ko'ringanidek tezkor emas. Maqtanish emasku "Paxtakor" - "Al Sadd" uchrashuvi saviyasi deyarli shunday bo'ldi. Bizning yigitlar ham shu darajada o'ynay olishadi. Ha, "Real" futbolchilarining ko'pchiligi individual tarzda kuchli, lekin umuman olganda o'yin saviyasi er bilan osmoncha farq emas. Barchasi o'sha o'yinni qanchalik olib berishga bog'liq. Stadionda "pauk" kamera va sifatli kameralar o'rnatilsa tasvir sifati ham oshadi.

Madridga men bilan birga "Paxtakor" futbol akademiyasi murabbiyi Aziz Talxatov ham bordi. U aynan akademiyalar borasida tajribasini oshirdi. Bolalar futbolida ham xorij klublari bilan kelishuvlar va memorandumlar tuzayapmiz. Masalan, Qozog'istonning "Qayrat" klubi bilan memorandum imzoladik. Rossiya va Italiya klublari bilan hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishdik. Bu nima beradi? Bu mamlakatlarda tashkil etiladigan musobaqalarga "Paxtakor" yoshlari borishadi, O'zbekistondagi musobaqalarga esa hamkorlarimiz taklif etiladi. Bu orqali yosh futbolchilarda tajriba oshadi.



“PAXTAKOR-79” 40 YILLIGI HAQIDA

Bu yil "Paxtakor-79"ning 40 yilligi bo'ladi. Ushbu tadbirni juda katta o'tkazish uchun tayyorgarlik boshlangan, butun Respublikani bunga jalb qilmoqchimiz. Etibor qilsangiz, har bir uy o'yinimizning 79-daqiqasida stadion chetidagi bannerlar va muxlislar tomonidan ham "Paxtakor-79" yodga olinmoqda. Bu tadbirga aviafalokatga uchragan xorij klublarini taklif qilmoqchimiz. Hozircha bir qator klublarga xat ham yubordik.

Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика