Avaz Maqsumov OFK futzal murabbiylari instruktorlari seminarida qatnashadi
01 apr 2015 13:59
Yangiliklar

Avaz Maqsumov OFK futzal murabbiylari instruktorlari seminarida qatnashadi
2-11 aprel kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida OFK futzal murabbiylari instruktorlari seminarini o'tkazadi.
Futzal murabbiylari instruktorlari seminarida O'zbekistondan Avaz Maqsumov ishtirok etadi. Maqsumov bugun Kuala-Lumpurga yo'l oladi.
Malumot uchun takidlab o'tish joizki, Avaz Maqsumov bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, shuningdek, futzal murabbiylari instruktori hisoblanadi.
Maqsumov viloyatlarda katta futboldagi "S" licenziyaning muqobili bo'lgan "Level 1" licenziyasini qo'lga kiritish uchun o'quv-mashg'ulotlarini o'tkazmoqda. 2014 yilda Farg'ona, Toshkent va Samarqandda seminarlar o'tkazilgan bo'lsa, 2015 yilda esa Buxoro, Toshkent va Namanganda "Level 1", shuningdek Toshkentda "Level 2" seminarlari o'tkazadi.

Fikrlar