Avaz Agaliev: "CHiroyli futboldan ko'ra natija muhimroq"
31 mar 2016 22:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203297_original.jpg)
![](/upload/storage/203297_220.jpg)
Avaz Agaliev: "CHiroyli futboldan ko'ra natija muhimroq"
"Bugun biz uchun og'ir o'yin bo'lishini bilgandik. Biz Toshkentga g'alaba ishtiyoqida kelgandik. CHempionatdagi dastlabki ochkoni qo'lga kiritdik. Uchrashuvda qayd etilgan natijadan ko'nglimiz to'ldi. Keyingi bellashuvlarda ham qoniqarli natijaga erishish uchun harakat qilamiz. Sergey Lushan bizni anti-futbol ko'rsatdi dedi? Bizga hozir chiroyli futboldan ko'ra natija muhimroq. SHu bois biz ushbu bahsda himoyadan o'ynashni rejalashtirgandik. Murabbiyning ko'rsatmasini bajardik va yakunda o'z maqsadimizga erishdik. Dastlabki ikkita turda chiroyli o'yin ko'rsatigandik. Ammo natijada ochkolarni qo'ldan boy berdik. CHiroyli o'ynab natija qayd eta olmagandan ko'ra, himoyadan o'ynab bo'lsada o'z oldinga qo'ygan maqsadga erishganing maqul. Kelgusi uchrashuvlarda chiroyli o'yin ko'rsatamiz. "Bunyodkor"ga esa bo'lg'usi uchrashuvlarida omad tilayman. Bellashuvdan oldin murabbiy himoyadan o'ynab, o'z omadimizni qarshi hujumlarda izlashimizni o'qtirgandi. Qarshi hujumlarda bizda vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq imkoniyatlardan foydalana olmadik", - dedi Avaz Agaliev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar