Aurelio De Laurentis: “Skudetto - “Napoli”ning asosiy maqsadi”
23 noy 2018 08:54
Yangiliklar
Aurelio De Laurentis: “Skudetto - “Napoli”ning asosiy maqsadi”
“Napoli” prezidenti jamoaning maqsadi haqida gapirdi.
“Skudetto? Bu bizning maqsadimiz, bu orzu ham, utopiya (xom xayol) ham emas. “Napoli”ni har kim bilan oxirigacha kurasha oladigan jamoa deb bilaman. Bizda sifatli tarkib va yaxshi o'yinchilar bor. Anchelotti? U juda yaxshi ishlamoqda. Men u bilan besh yil davomida bog'lanib keldim va u bilan shartnoma imzolashni xohlagandim. Men ertami, kechmi baribir uni “Napoli”ga olib kelishga umid qilardim. Yakunda menda hammasi o'xshadi”,—deydi Laurentis.
Fikrlar