"Atletiko"ning bir nechta futbolchisi yanvarda sotiladi
04 noy 2022 17:36
Yangiliklar
"Atletiko"ning bir nechta futbolchisi yanvarda sotiladi
Madrid klubi Evropa miqyosidagi turnirlarni tark etganidan keyin bir qator o'yinchilarini qishda sotib yubormoqchi.
O'tgan haftada "matraschilar" Evropa CHempionlar Ligasi guruh bosqichidan chiqa olmasligi malum bo'lib qolgan edi. Jamoa o'rin olgan guruhda seshanba kuni oxirgi bahsini o'tkazdi va hatto Evropa Ligasi yo'llanmasidan ham quruq qoldi. Klub egalarining hisob-kitoblariga ko'ra, klublar o'rtasidagi qitaning top-musobaqalarini erta tark etish 20 mln evrogacha bo'lgan daromaddan ayiradi. Evropa Ligasi finaliga chiqish klubga 10 mln evro olib kelishi mumkin edi.
"Atletiko" yozda hujumchi Alvaro Morata va yarim himoyachi Saul Nigesning transferlari orqali 40 mln evro ishlab olmoqchi edi. Biroq ularning hech biri jamoani tark etmadi. Endi klub bu o'yinchilarni tarkibdan chiqarib yuborib, yanvardagi transferlarga hozirlaydi.
Fikrlar