"Atletiko"da "Deportivo"ga qarshi o'yin uchun faqat 12 nafar o'ynovchi futbolchi qoldi
27 mar 2018 21:57
Yangiliklar


"Atletiko"da "Deportivo"ga qarshi o'yin uchun faqat 12 nafar o'ynovchi futbolchi qoldi
"Atletiko" jamoasi "Deportivo"ga qarshi o'yindan oldin tarkib borasida jiddiy yo'qotishlarga duch keldi.
Jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone ixtiyorida sog'lom va diskvalifikaciyaga uchramagan bor yo'g'i 12 nafar o'ynovchi futbolchi qoldi. SHuningdek, ikki nafar darvozabon ham bor.
12 nafar futbolchilar: 4 himoyachi (Vrsalko, Savich, Godin va Ernandes), 5 yarim himoyachi (Saul, Koke, Gabi, Parti va Korrea) va 3 hujumchi (Torres, Kosta va Gameyro).
"Deportivo" - "Atletiko" o'yini 1 aprel kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar