"Atletiko" yana bir "Portu" futbolchisini transfer qildi
29 may 2019 17:04
Yangiliklar


"Atletiko" yana bir "Portu" futbolchisini transfer qildi
"Portu" yarim himoyachisi Ektor Errera faoliyatini "Atletiko"da davom ettiradi.
Meksikalik futbolchi Madridga kelgan va "matraschilar" bilan 5 yillik shartnomaga qo'l qo'ygan. Yaqin vaqtlarda transfer rasman elon qilinadi.
Xavbek "Atletiko"ga erkin agent sifatida o'tmoqda.
Errera mavsumlar oralig'ida "Atletiko"ga o'tgan birinchi "Portu" futbolchisi emas. Oldinroq portugaliyaliklar himoyachisi Felipe ham "Atletiko" futbolchisiga aylangan edi.
Futbolchi joriy mavsum Portugaliya chempionatida 33ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar