"Atletiko" Xorvatiya terma jamoasi himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi
Aslanov Jasurbek
22 iyun 2016, 17:55
"Sassuolo" va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Shime Vrsalko Fransiyada tibbiy ko'rikdan o'tdi va "Atletiko" bilan shartnoma tuzdi.
"Matraschilar" 24 yoshli futbolchi uchun 16 mln. to'ladi va yana 2 mln. evro bonus sifatida o'tkazib beriladi. Madridliklar xorvatiyalik uchun kurashda "Napoli"dan ustun kelishdi.