"Atletiko" Vitoloni Ektor Beleringa almashtirmoqchi
22 iyu 2019 11:34
Yangiliklar
"Atletiko" Vitoloni Ektor Beleringa almashtirmoqchi
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin Ispaniyaga qaytishi mumkin.
24 yoshli futbolchi "Atletiko" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Madrid klubi shartnomaga jamoa yarim himoyachisi Vitoloni qo'shishga ham tayyor.
Belerin yanvarda tizzasidan olgan jarohati bois tiklanish jarayonini boshdan kechiryapti.
24 yoshli Belerin 8 yoshidan boshlab "Barselona" akademiyasida shug'ullangan. 16 yoshidan esa "Arsenal" akademiyasiga o'tib ketgan. Ispaniyalik futbolchi "Arsenal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Ektor Belerin 2013-2014 yillarda "Uotford"da ijara asosida o'ynagan. U 2016 yildan Ispaniya terma jamoasi futbolchisi sanaladi.
Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 21ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assistga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar