So’nggi yangiliklar

15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  2 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  9 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  12 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  5 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  15 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  13 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  7 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  15 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   4 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  5 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  2 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  5 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  3 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  2 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3

“Atletiko” tarixidagi eng yaxshi hujumchilar Yangiliklar

“Atletiko” tarixidagi eng yaxshi hujumchilar

Kosta Madridga qaytdi, Forlan o'zi xaqida yana bir bor eslatib qo'ydi, Aguero esa “Man Siti” safida gol uryapti.

Bunday hujumchilar - futbolda kam uchraydi, xatto kuchli klublar ham hujum chizig'idagi o'yinchilar tufayli qiyin damlarni o'z boshidan o'tkazgan. Lekin Madrid “Atletiko”ning o'ziga xos tomoni bor: bu jamoada deyarli har doim muxlislarning havasini keltiradigan yulduzlar hujumda bo'lgan. Bugungi mavzuimiz aynan “Atletiko” maqtanayotgan hujumchilar haqkida. Ularning ismlari va erishgan natijalari sizni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.

Luis Aragones (Ispaniya; 1964-1974) - 368 o'yin, 172ta gol
“Atletiko”ning eng yaxshi hujumchisi ro'yxatini keksaligiga qaramay, sezilarli o'rni bilan band etib turgan futbolchi ochib berdi. Xose Luis Aragones rahbarligida Ispaniya termasi Evro-2008da g'alaba qozongan va shundan keyin “Qizil furiya” hukmronlik davri uzoq davom etgan. Aragones murabbiy bo'lishidan oldin, o'n yil davomida muvaffaqiyatli futbolchi bo'lgan. SHuning uchun ham, umrining oltin yillari “Atletiko”da o'tgan desak, adashmaymiz. Luis “Real” klubiga foyda keltirmagan bo'lsa-da, Ispaniyaning uchta chempionatida g'olib bo'lib, CHempionlar Kubogi finaliga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Aragones“Atletiko” tarixidagi eng yaxshi snayper hisoblanadi. U taniqli futbolchilar Pako Kampos, Adriana Eskuadro, Joze Djankosi yutuqlarini to'sib qo'ydi va asosiy hujumchi martabasiga erishdi.

Ugo Sanches (Meksika; 1981-1985) - 162 o'yin, 82ta gol
Buyuk meksikalik futbolchi hammaning ko'z o'ngida “Real” hujumchisi sifatida namoyon bo'ladi. U Madrid tarkibida 200 yaqin gol urgan. Dastlab, Ugo o'z nomini Ispaniya “Atletiko” tarkibida o'ynab tanitgan. U Jahon Kubogi tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri (Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Telmo Sarra ismli snayperlar)ning tarixiy ro'yxatida to'rtinchi o'rinni egallagan.

Xulio Salinas (Ispaniya; 1986-1988) - 89 o'yin, 36ta gol
Xulio 90-yillarning birinchi yarmida Bilbao shahrida tug'ilgan va ilk qadamni mahalliy “Atletik”da tashlagan. So'ngra poytaxtga ko'chib kelgan. “Atletiko”da ikki mavsum hujumchi uchun tramplindan iborat bo'ldi deyish mumkin. SHundan so'ng, u “Barselona”ga ko'chib o'tdi va uning hisobiga yuzta gol olib keldi. Bundan tashqari, Ispaniya jamoasida ellik o'yin bo'ldi va unda Xulio har ikkinchi uchrashuvda o'rtacha ballga ega bo'ldi.

Lyuboslav Penev (Bolgariya; 1995-1996) - 43 o'yin, 25ta gol
Bolgariya futboli tarixidagi eng qudratli avlod vakili Penev jarohat olgani tufayli eng muvaffaqiyatli turnir - 1994 yilgi Jahon chempionatini o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan. La Liga yulduzi “Valensiya” tarkibida 100dan ortiq gol urgan. U “Atletiko”da faqat birgina mavsum o'ynaganiga qaramay, esda qolarli natija ko'rsatdi. O'sha o'yinda ular Qirollik kubogini yutib olishga erishdilar. Lyuboslav esa har ikki turnirda ham jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lishga erishdi.


Kristian Veri (Italiya; 1997-1998) -32 o'yin, 29ta gol
Boboga 18 million evro sarflandi, ammo Ispaniyada “Lacio”ning samarali o'yinidan bir yil o'tib, bu miqdorni A Seriyadagi Kristianni qaytarish uchun yarim baravar oshirdi. “Skuadra Azzurra” klubida o'nlab turli jamoalar uchun o'z faoliyatida gol urgan futbolchi Madridda qisqa, ammo yorqin namoyon bo'ldi. Ha, axir, u mashhur “Atletiko” hujumchilari panteonining azosi hisoblandi.

Jimmi Floyd Xasselbaynk (Gollandiya; 1999-2000) - 43 o'yin, 22ta gol
Xasselbaynkni ingliz futbol muxlislari, asosan, “CHelsi” muxlislari yaxshi taniydi, Jimmi to'rtta mavsumni yaxshi o'tkazgan bo'lsa-da, La Ligada gollandiyaliklar eng yaxshi tomondan qayd etilgan. Xasselbaynk Veri kabi “Atletiko”da bor yo'g'i bir mavsumda ishtirok etgan bo'lsa ham, jamoa hisobiga nafaqat gol, balki moliyaviy tomondan ham foyda keltirdi. Ispaniyada bir yil ichida narxi keskin oshib ketgan bu futbolchini sotuvga qo'yib, foyda ko'rishdi.


Fernando Torres (Ispaniya; 2001-2007) 359 o'yin, 119ta gol
XXI asrda Torres “Atletiko” kuchli hujumchilari qatorida bo'lgan. Qizig'i shundaki, u klub tarixida 19 yoshda bog'ichni qo'liga olgan eng yosh kapitan hisoblanadi. Torres jamoasi Primerga qaytishi uchun Segundada “matraschilar”da o'ynashni boshlagan. Bu vaqtda “Atletiko” “Liverpul”dan 38 mln evrolik taklifni hali olmagan edi. Deyarli 3 yil avval, faoliyatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, o'z vaqtida birga o'ynagan Diego Simeonega munosib shogird bo'lish uchun Madridga qaytdi.

Serxio Aguero (Argentina; 2006-2011) - 234 o'yin, 101ta gol
“Atletiko” Torres bilan xayrlashgandan so'ng, “Independent”dan yosh hujumchi Agueroni 22 mln evro evaziga sotib oldi va bor umidini unga bog'ladi. 5 yil ichida yuzlab gollar “Manchester siti”ga deyarli ikki barobar narxda yo'l olish bunga isbot bo'ladi. Argentinalik - zamonaviy futbolning eng kuchli snayperlaridan biri va o'zining iqtidorini aynan “Atletiko”da namoyon qilib berdi.


Diego Forlan (Urugvay; 2007 – 2011) – 198o'yin, 96ta gol
Aguerodan farqli o'laroq, Diego Forlan “Atletiko”da malum tajriba va malaka to'plab bo'lgan vaqtda paydo bo'ladi. Takidlash lozim, bu unga aynan “Visente Kalderon” stadionida faoliyatining eng yaxshi damlarini o'tkazish uchun to'siq bo'la olmadi. Diego Forlan va Serxio Aguero tarkibida bor “matraschilar” Evropa Ligasi-2010 da zafar quchdi. O'shanda jamoani Kike Sanches Flores boshqarar va o'sha natija klubning yangi asrdagi, Diego Simeone kelguniga qadar, eng salmoqli g'alabasi bo'lgan.

Diego Kosta (Braziliya/Ispaniya; 2007 – 2009, 2010 – 2014 va 2018 yildan) – 135 o'yin, 64ta gol
Diego Kosta Braziliyada dunyoga kelgan bo'lsada, jahon taniydigan futbolchi darajasiga bevosita “Atletiko” klubida aylangan. Birinchi bor futbolchi “matraschilar” bilan bundan o'n yil avval shartnoma imzolagandi. Ishonasizmi, o'sha yillari u avvaliga ijaralar bo'ylab aylanib yurgan va hatto  “Valyadolid”ga berib yuborilgandi. Ammo, ha, qaytib sotib olish huquqi bilan. Vaqt o'tib, Kostaning o'yini kuchayganini sezgan poytaxtliklar o'sha banddan foydalanib, futbolchini ortga qaytaradilar. Hujumchi Falkao bilan birgalikda “ochilib” bordi va kolumbiyalik jamoani tark etgach “Atletiko”ning asosiy hujumchisiga aylandi. Qulay vaziyatlardan unumli foydalanuvchi Diegoni “CHelsi”ga taklif qilishdi. Hozir Kosta yana o'sha yo'nalish bo'ylab, ortga qaytmoqda. Etiborlisi, Diego Simeone forvard uchun yaxshigina pul to'lashdan qochmadi.


Radamel Falkao (Kolumbiya; 2011 – 2013) – 91 o'yin, 70ta gol
Og'ir jarohatiga qadar Falkaoni muntazam dunyoning eng kuchli uch hujumchilaridan biri deb etirof etishardi. Kolumbiyalik faoliyat yo'nalishi quyidagicha ko'rinish oladi: “Portu”, “Atletiko” va keyin “Monako”. Kolumbiya terma jamoasi tarixidagi eng sermahsul hujumchi avvaliga “Portu” safida, keyinroq Madridda tinmay gol urdi. Ayniqsa uning Evropa Ligasi finalida “Atletik Bilbao” darvozasiga kiritgan ikki goli ko'pchilikning yodida qolgani.

David Vilya (Ispaniya; 2013 – 2014) – 47 o'yin, 15ta gol
Ispaniya termasi tarixidagi eng kuchli snayper ham “Visente Kalderon”ga bir kirib o'tganini bilasizmi? Hozirda Nyu-Yorkda mahalliy jamoa muxlislari yoqimtoyiga aylanib ulgurgan va ularni gollari bilan xushnud etayotgan Vilya “Atletiko” safida to'p tepgan mavsumda jamoa mamlakat chempioni bo'lgani etiborga loyiq. Aynan David jamoadaligida “matraschilar” ispan futboli gigantlari “Real” va “Barselona”ni ortda qoldira olganlar.

Mario Mandjukich (Xorvatiya; 2014 – 2015) – 43 o'yin, 20ta gol
Mario bir qarashda Madridda o'z o'rnini topa olmadi. Jamoa uchun chinakamiga zarur futbolchi bo'la olmagandek tuyular, ammo xorvatiyalik butkul kerakmas, tezroq qutulish zarur bo'lganlardan ham emasdi. “Atletiko” safidagi mavsumda Mario 20 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHubhasiz, Manjukich kuchli forvard. Axir “Bavariya”, “Atletiko” keyin esa “Yuventus”ga “chiroyli ko'zlari” uchun taklif qilishmagan. Xavas qilsa arzigulik faoliyat!


Antuan Grizmann (Franciya;  2014 yildan beri) – 160 o'yin, 83ta gol
Grizmann zamonaviy futbolning eng iqtidorli futbolchilari qatoriga kiradi. So'nggi yillarda aynan u “Oltin to'p” uchun Ronaldu va Messi bilan kurash olib bora olmoqda. To'g'ri, hali ham zamonamizning eng kuchlilari bilan raqobatlashish qolganlarga katta muammo, lekin Antuan harakat qilmoqda. Franciyalik Evro-2016 da ham Ronaldoni ortda qoldirishga rossa urundi, yakunda chempion bo'la olmagan bo'lsada, musobaqa to'prari va turnirning eng yaxshi futbolchisi nomiza ega chiqdi. “Atletiko” safida ham u qanday mavsum bo'lishidan qatiy nazar sermahsullik bobida oqsayotgani yo'q.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика