“Atletiko” stadioni diskvalifikaciya qilinishi mumkin
03 dek 2019 00:57
Yangiliklar
“Atletiko” stadioni diskvalifikaciya qilinishi mumkin
Ispaniya primerosi tartib-intizom qo'mitasi La Liga 15-turidan o'rin olgan “Atletiko”-“Barselona” (0:1) uchrashuvi vaqtida mezbon muxlislarning kataloniyaliklar hujumchisi Antuan Grizmannga nisbata ishlatgan ahloqsiz hatti-harakatlarini o'rganib chiqmoqda, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Nashr manbasiga ko'ra, uchrashuv davomida madridlik muxlislar bir ovoz jo'r bo'lishib, Grizmanga o'lim tilab, uni haqorat qilishgan.
Agar “Atletiko” muxlislarining ushbu gap-so'zlari isbotlanadigan bo'lsa, klub 90 ming evro jarimaga tortilishi, stadioni qismay yoki butunlay yopib qo'yilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozgi transfer oynasi vaqtida Grizmann “Atletiko”dan 120 millioen evro evaziga “Barselona”ga ko'chib o'tgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar