“Atletiko” prezidenti: “Enfild” UEFA talabiga javob bermaydigan juda eski stadion”
19 fev 2020 21:05
Yangiliklar
“Atletiko” prezidenti: “Enfild” UEFA talabiga javob bermaydigan juda eski stadion”
“Matraschilar” prezidenti Enrike Sereso ECHL 1/8 finali doirasida bo'lib o'tgan “Atletiko” – “Liverpul” bahsidan (1:0) keyin mersisaydliklarning uy stadioni “Enfild” haqida fikr bildirdi.
“Enfild” – bu ajoyib stadion, unga ko'plab fantastik muxlislar tashrif buyuradi ammo shuning bilan bu juda eski stadion hamdir. Bordiyu UEFA texnik tekshiruv o'tkazadigan bo'lsa, o'yingoh undan o'ta olmagan bo'lar edi”, – deydi Sereso.
Eslatib o'tamiz, “Enfild”dagi javob o'yini 11 mart sanasiga belgilangan.
Malumot o'rnida, mazkur stadion 1884 yil qurilgan. 1892 yildan esa “Liverpul” klub sifatida tashkil etilgan kundan boshlab o'yingoh mersisaydliklarning uy o'yinlarin o'zida qabul qilib keladi.
Fikrlar